Gʻaznaviylar — Xuroson, Shimoliy Hindiston hamda qisman Movarounnahr va Xorazmda hukmronlik qilgan turkiy sulola (962—1186). Gʻaznaviylar davlatini boshqargan. Sulolaga somoniylar lashkarboshisi Alptekin asos solgan. Sulola nomi davlat poytaxti Gʻazna shahridan olingan.

Somoniylar davrida mamlakatning siyosiy hayoti va harbiy qoʻshinda turk gʻulomlari katta rol oʻynagan. Somoniy amirlari koʻplab turk gʻulomlarini saltanatga qilgan xizmatlari evaziga siylab, ularni turli viloyatlarga noib qilib tayinlashgan. Iqtidorli lashkarboshi Alptegin Gʻazna va Kobul viloyatlarini 962-yildan mustaqil boshqarishga intilgan. Alpteginning oʻlimi (963)dan soʻng oʻgʻli Ishoq va gʻulomi Bilgategin, shuningdek, Piritegin hukmronlik qilgan davr (963—977 yillar)da Gʻaznaviylar mulki kengaymay turgan. Alpteginning kuyovi va sobiq gʻulomi Sabuktegin hukmronligi davrida (977—997) esa Gʻaznaviylar sulolasi mustaqil siyosiy kuch sifatida Somoniylar tomonidan eʼtirof etilgan. Sulola shuhratini Sabukteginning oʻgʻli Mahmud Gʻaznaviy eng yuqori choʻqqiga koʻtargan. Sulola hukmdorlari avval amir, soʻngra sulton (Mahmud Gʻaznaviydan boshlab) va shoh (Bahromshohdan boshlab) deb atalganlar. Gʻaznaviylar hukmdorlari quyidagilardan iborat boʻlgan: Alptegin (962-963), Ishoq (963-966), Bilgategin (966—972), Piritegin (972— 977), Sabuktegin (977—997), Ismoil (997-998), Mahmud Gʻaznaviy (998-1030), Muhammad (1030), Masʼud Gʻaznaviy (1030-1041), Mavdud (1041-1048), Masʼud II (1048), Ali Abul Hasan (1048-1049), Abdur Rashid (1049-1053). Toʻgʻrul (1053), Farruxzod (1053-1059), Ibrohim (1059-1099), Masʼud III (1099-1114), Sherzod (1114-115), Arslon (1115-1118), Bahromshoh (1118-1152), Xusravshoh (1152—1160), Xusrav Malik (1160—1186).

Yana qarang tahrir

Gʻaznaviylar davlati

Adabiyot tahrir

  • Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971; Stenli Len-Pul, Musulmanskiye dinastii, M.-T.-Bishkek, 1996.