Alp-teginGʻaznaviylar davlati hukmdori (962 – 963). G`aznaviylar sulolasidan. Andoza:G`aznaviylar davlati

Alptegin (taxminan 885-963) – somo-niylar lashkarboshisi. Nasr ibn Ahmad Somoniy davrida visoq boshi, xayl boshi, hojib darajasiga koʻtarildi; Nuh ibn Nasr Somoniyning oʻgʻli Abdulmalik davrida Xurosonga sipohsolor etib tayinlandi. Mansur ibn Nuh Somoniy (961–976) taxtga oʻtqazilgandan koʻp oʻtmay, Buxorodagi ba’zi amirlarning igʻvosi bilan Mansur ibn Nuh Somoniy va A. oʻrtasida nizo kelib chiqdi; amir Mansur unga qarshi katta qoʻshin yubor-di. Oqibatda A. Xu-rosonni tark etib, Balx tarafga yoʻl oldi; ta’qib qilib kelgan Buxoro qoʻshinini Xulm darasida tor-mor keltirdi. Shundan keyin Bomi-yon, Kobul, Gʻaznani egalladi (962) va oʻsha yerdan Hindistonga tez-tez hujum qilib turdi. Lekin ana shunday yurishlardan birida yoʻlda vafot etdi.[1]



ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil