Jabgʻu, ya b gʻ u — 1) kushonlar davrida oliy unvonlardan biri; 2) Turk xoqonligida xoqon va tegin (xonzoda, taxt vorisi) kabi maʼmuriy-harbiy mansablardan keyin turadigan unvon.

Harbiy sarkarda sifatida qoʻshinning oʻng qanotiga sardorlik qilgan. Bu mansabni egallashga faqat qagʻan urugʻidan chiqqan shaxslargina haqli boʻlgan. Xitoy solnomalarida taʼkidlanishicha, J. hukmdordan soʻng oliy maʼmuriy-harbiy mansab sifatida faoliyat koʻrsatgan. Gʻarbiy turk xoqonligida J. istilohi davlat boshligʻi va oliy bosh qoʻmondon maʼnosida isteʼmolda boʻlgan. "Tarixi Tabariy"da qayd etilishicha, Tohariston hukmdori J. unvonini egallab turgan. Birinchi Turk xoqonligi barpo boʻlgunga qadar, Ashina urugʻiga mansub boʻlgan turklar elida eng oliy maʼmuriy-harbiy unvon J. hisoblangan. Xoqonlik tashkil etilgach, davlat boshligʻi qagʻan, uning noibi esa J. deb atalgan. Turk xoqonligiga asos solingandan soʻng J. unvonini egallab turgan Buminta qagʻan, uning inisi Iapamiga bahodur-jabgʻu unvoni beriladi. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida J. "yafgʻu" fonetik shaklida qoʻllangan boʻlib, "xoqondan ikki daraja past oʻrinda boʻlgan odam" tarzida izoxlangan; 3) Oʻgʻuzlar va qarluqlar hukmdori.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar tahrir

  • Klyashtornyy S. G., Savinov D. G., Stepnyye imperii drevney Yevrazii. Sankt-Peterburg: Filologicheskiy fakul'tet SPbGU, 2005