Makedoniya (qadimgi davlat)

(Qadimgi Makedoniyadan yoʻnaltirildi)

Makedoniya, Qadimgi Makedoniya – Bolqon yarim oroldagi qadimgi davlat (miloddan avvalgi V asrmiloddan avvalgi II asrlar). 4-asrning oʻrtalarida podshoh Filipp II Makedoniya hududlarini birlashtirgan, 359–yildan 338-yilgacha Fokida, Fessaliya, Xalqidika, Frakiya va boshqalarni qoʻshib olgan. Miloddan avvalgi 338-yilda Filipp II Xeroneya yaqinida yunon polislarining birlashgan qoʻshinlarini tor–mor keltirib, butun Yunonistonni Makedoniyaga boʻysundirgan. Uning oʻgʻli Aleksandr (336323 yilda podshohlik qilgan) otasining bosqinchilik siyosatini davom ettirib, Ahamoniylar davlatini bosib olgan va yirik imperiya barpo qilgan. Hozirgi Oʻrta Osiyo hududi ham unga tobe boʻlgan. Mustahkam boʻlmagan bu monarxiya Aleksandr oʻlimidan soʻng tezda parchalanib ketgan. Makedoniya qoʻl ostida faqat Yunoniston qolgan, u ham 229-yil koʻpgina kurashlardan keyin mustaqillikka erishgan. Makedoniyaning oʻzida esa taxt uchun diadoxlar oʻrtasidagi kurashlar natijasida antigoniylar sulolasi qaror topgan. Rim bilan boʻlib oʻtgan Makedoniya urushlari (215205, 200197, 171 – 168) natijasida Makedoniya toʻla magʻlubiyatga uchragan va miloddan avvalgi 148-yili Epir va Janubiy Illiriya bilan birgalikda Rim viloyatiga aylantirilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil