Umaviylar — Yaqin va Oʻrta Sharq, Movarounnahrda hukmronlik qilgan arab xalifalari sulolasi (661 — 750), arablarning Makkadagi quraysh qabilasining umayya urugʻidan kelib chiqishgan. Asoschisi — Muoviya I.

Umaviylar davlati[1]
arabcha: الخلافة الأموية


 

 

661 — 750


Bayroq

750-yilgi
Poytaxti Damashq
Til(lar)i Arab tili
Dini Islom, suniy
Pul birligi Dinor
Maydoni 15.000.000 kv km2
Aholisi 62.000.000 kishi
Sulola Umaviylar
Damashq xalifasi
 - 661-680 Muoviya I ibn Abu Sufyan
 - 680-683 Yazid I
 - 683-684 Muoviya II
 - 684-685 Marvon I
 - 685-705 Abdulmalik ibn Marvon
 - 705-715 Al Volid ibn Abdulmalik
 - 715-717 Sulaymon ibn Abdulmalik
 - 717-720 Umar ibn Abdulaziz
 - 720-724 Yazid II
 - 724-743 Xishom ibn Abdulmalik
 - 743-744 Al Volid ibn Yazid
 - 744-744 Yazid ibn al Volid
 - 744-744 Ibrohim ibn al Volid

Davlat tuzulishi tahrir

Umaviylar davrida arablar gʻarbda Shimoliy Afrika, Pirenei yarim orolining katta qismi, sharqda Tabariston, Jurjon, Movarounnahr, Sind va boshqa hududlarni bosib olishgan. Muoviya 1 (661—680) va Abdulmalik davrida (685—705) davlatning harbiy, siyosiy, iqtisodiy qudratini oshiruvchi bir qancha maʼmuriy va harbiy islohotlar oʻtkazilgan. Hususan, halifa lavozimi nasliy boʻlib qolgan, davlat xazinasi va davlat arxivi tashkil etilgan, arab tili davlat tili deb eʼlon qilingan, yangi (oltin, kumush va mis) pul chiqarilgan, harbiydengiz floti tashkil etilgan. Umaviylar poytaxtni Damashq shahriga koʻchirganlar, shu tufayli bu halifalikni Damashq xalifaligi deb ham atashadi. Umaviylar davrida koʻplab qoʻzgʻolonlar (736—737 yillar Oʻrta Osiyodagi Xoris ibn Surayj, 731—740 yillalarda Marokashdagi barbarlar qoʻzgʻoloni, 742-yil Magʻribda xorijiylar qoʻzgʻoloni va boshqalar) boʻlgan.

Umaviylarning qulashi tahrir

747—750 yillalardagi Abu Muslim qoʻzgʻoloni natijasida halifa Marvon II taxtdan tushgan, hokimiyat abbosiylar qoʻliga oʻtgan.

Hukmdorlari tahrir

  • Muoviya I — (661 — 680),
  • Yazid I — (680—683)
  • Muoviya II — (683-684)
  • Marvon I — (684-685)
  • Abdulmalik — (685—705)
  • Valid — (705—715)
  • Sulaymon — (715-717)
  • Umar — (717-720)
  • Yazid II — (720-724)
  • Hishom — (724-743)
  • Valid II — (743-744)
  • Yazid III — (744)
  • Ibroxim — (744)
  • Marvon II — (744—750)

Manbalar tahrir