Marvonumaviylar sulolasidan boʻlgan 2-xalifaning ismi. M. I (623— 685) Usmon ibn Affonning yaqin kishisi boʻlgan. Usmon oʻldirilgach, qochishga majbur boʻlgan. Muoviya II va-fot etgach (684), qonuniy xalifa Xolid ibn Yazid I balogʻat yoshiga yetguniga qadar taxtga oʻtirgan. Raqibi Abdulloh ibn Zubayrning sarkardalari ustidan gʻalaba qozongan va Suriya, Misr va Mesopotamiyada xalifa sifatida tan olingan. Biroq oʻgʻli Abdulmalikni oʻziga valiahd qilib belgilaganida Xolidning onasi tomonidan boʻgʻib oʻldirilgan. M. II (688—750), M. I ning nabirasi. Dastlab (734—744) Armanistonda noib boʻlgan, soʻngra xalifa Valid IIIning qasoskori sifatida tanilgan, xalifalikka saylangan (744) va Gʻaron shahrini qarorgoh qilgan. Harbiy iqtidori tufayli Suriya va Iroqdagi koʻplab raqiblari (ayniqsa, xorijiylar) ustidan gʻalaba qozongan. Lekin abbosiylar xonadoniga mansub Ibrohimni qatl etishi bilan ushbu xonadon aʼzolarining qoʻzgʻolon koʻtarishlariga sababchi boʻlgan. Arbela shahri yaqinidagi Zob daryosi boʻyida Abul Abbos sarkardasi Abu Muslim tomonidan yengilgach (750), Misrga qochgan va u yerda xristian qibtiy tomonidan oʻldirilgan. M. II oʻlimi bilan Umaviylar xalifaligining Osiyodagi hukmronligi barham topgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil