Abbosiylar – arab xalifalari sulolasi (750–1258), Muhammad (sav) ning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim harakati natijasida hokimi-yat tepasiga kelgan. Dastlabki poytax-ti – Kufa sh. "Saffoh" ("Xunrez") laqabi bilan mashhur boʻlgan Abul-Abbos Abdulloh sulolaning birinchi xalifasi edi. Ik-kinchi xalifa Saffohning ukasi Abu Ja’far Mansur (754–775) Bagʻdod shahriga asos solib, poytaxtni shu yerga koʻchiradi. A. hukmronligining dastlabki davri-da savdo-sotiq rivojlanadi. Bagʻdod Sharqning yirik savdo markaziga aylana-di, ilm-fan ravnaq topib, falsafa, mat., tabiiyot va boshqa fanlarga oid koʻplab asarlar yaratiladi. Andalusiya (Ispaniya) dan tashqari butun musulmon mamlakatlari – Magʻribdan to Movarounnahrgacha A. qoʻl ostiga oʻtadi. Bular xalifalikning iqtisodiy negizini, siyosiy va harbiy qud-ratini mustahkamladi. Ayniqsa Horun ar-Rashid va uning oʻgʻli Ma’mun zamoni A. sulolasining gullagan davri edi. 9-asrning ikkinchi yarmidan boshlab A. xalifaligi zaiflasha boshladi. 10-asrning boshiga kelib faqat Bagʻdod va uning atroflaridagina siyosiy hokimiyat A. qoʻlida qoddi. Harbiy kuchlar turk sarkar-dalari qoʻliga oʻtib ketdi. Ular xohlagan vaqnlarida xalifalarni almashtira olar edilar. 10-asr oʻrtalariga kelib A. siyosiy hokimiyatni tamoman qoʻldan boy berib, musulmonlarning diniy xa-lifasi (paygʻambar oʻrinbosari)gina boʻlib qoldilar. Erondagi buvayhiylar (945) Bagʻdodni oʻz qoʻliga oldi, lekin ular A.ning mavqei bilan hisoblashar edi. Bagʻdod saljuqiy-sunniylar tomoni-dan bosib olingandan keyin A. siyosiy hukmronligi qisman tiklandi va din-ning mavqei mustahkamlandi. 1258-yil moʻgʻullar Bagʻdodni vayron qilib, A.ni tamoman tor-mor keltirdi. Moʻgʻul xoni Huloku buyrugʻi bilan Abbosiy xalifalarning soʻnggisi – Musta’sim qatl etildi. A. sulolasining qolgan vakillari esa Misrga qochdi. Mamluk sultonlari davrida (turklar 1517-yil Misrni olgunga qadar) A. Qohirada muqaddas kishilar sifatida yashab keldilar. 1261-yil Mamluk sultoni Beybars A.dan biri al-Mustansirni xalifa deb e’lon qildi. 1517-yil A.ning avlodi Mutavak-kil III Istanbulga keltirilib, u diniy rahnamolik huquqini turk sultonlari-ga topshirgan. A. dan 37 kishi xalifa boʻlgan.[1]

Abbosiylar Horun Ar-Rashid davrida (786809)

Abbosiylar arab xalifalari sulolasi (750–1258), Muhammad (sav) ning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim qoʻzgʻoloni natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Dastlabki poytaxti – Kufa shahri „Saffoh“ („Xunrez“) laqabi bilan mashhur boʻlgan Abul Abbos Abdulloh sulolaning birinchi xalifasi edi. Ikkinchi xalifa Saffohning ukasi Abu Jaʼfar Mansur (754–775) Bagʻdod shahriga asos solib, poytaxtni shu yerga koʻchirdi. Abbosiylar hukmronligining dastlabki davrida mulkchilik munosabatlari oʻsib, savdo-sotiq rivojlandi. Bagʻdod Sharqning yirik savdo markaziga aylandi, ilm-fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tabiiyot va boshqa fanlarga oid koʻplab asarlar yaratildi. Andalusiya (Ispaniya) dan tashqari butun musulmon mamlakatlari – Magʻrib, Hindiston, Movarounnahr Abbosiylar qoʻli ostiga oʻtdi. Bular xalifalikning iqtisodiy negizini, siyosiy va harbiy qudratini mustahkamladi. Ayniqsa Horun ar-Rashid va uning oʻgʻli Maʼmun zamoni Abbosiylar sulolasining gullagan davri edi. 9-asrning ikkinchi yarmidan boshlab Abbosiylar xalifaligi zaiflasha boshladi, Afrikada agʻlabiylar, Misrda tuluniylar, Xuroson va Movarounnahrda somoniylar Abbosiylar xalifaligidan ajrab chiqdilar. 10-asrning boshiga kelib faqat Bagʻdod va uning atroflaridagina siyosiy hokimiyat Abbosiylar qoʻlida qoldi. Harbiy kuchlar turk sarkardalari qoʻliga oʻtib ketdi. Ular xohlagan vaqtlarida xalifalarni almashtira olar edilar.

10-asr oʻrtalariga kelib Abbosiylar siyosiy hokimiyatni tamoman qoʻldan boy berib, musulmonlarning diniy xalifasi (paygʻambar oʻrinbosari)gina boʻlib qoldilar. Erondagi buvayhiylar (945 yil) Bagʻdodni oʻz qoʻliga oldi, lekin ular Abbosiylarning mavqei bilan hisoblashar edi. Bagʻdod saljuqiy-sunniylar tomonidan bosib olingandan keyin Abbosiylar siyosiy hukmronligi qisman tiklandi va dinning mavqei mustahkamlandi. 1258-yil moʻgʻullar Bagʻdodni vayron qilib, Abbosiylarni tamoman tor-mor keltirdi. Moʻgʻul xoni Huloku buyrugʻi bilan Abbosiy xalifalarning soʻnggisi -Mustaʼsim qatl etildi. Abbosiylar sulolasining qolgan vakillari esa Misrga qochdi. Mamluk sultonlari davrida (turklar 1517-yili Misrni olgunga qadar) Abbosiylar Qohirada muqaddas kishilar sifatida yashab keldilar. 1261-yili mamluk sultoni Beybars Abbosiylardan biri al-Mustansirni xalifa deb eʼlon qildi. 1517-yil Abbosiylarning avlodi Mutavakkil III Istanbulga keltirilib, u diniy rahnamolik huquqini turk sultonlariga topshirgan. Abbosiylardan 37 kishi xalifa boʻlgan.

Shuningdek qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil