Andalusiya (isp. Andalucía) Ispaniyaning janubiy, eng seraholi viloyati, avtonom jamoatdir. Markazi — Sevilla shahri. Aholisi — 8 424 102 kishi. Maydoni — 87 268 km2.

Andalusiya
Avtonom Jamoat
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
37°23′0″N 5°59′0″W / 37.38333°N 5.98333°W / 37.38333; -5.98333 G OKoordinatalari: 37°23′0″N 5°59′0″W / 37.38333°N 5.98333°W / 37.38333; -5.98333 G O
Mamlakat Ispaniya
Maydon 87,268 km2 (33,694 mi²)
Rasmiy til(lar)i Ispancha
Aholisi
 (2016)
8,388,107
Zichligi 96 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Andalusiya xaritada
Andalusiya
Andalusiya

Maʼmuriy jihatdan 8 provinsiya — Al-meriya, Granada, Kadis, Kordova, Malaga, Sevilya, Uelva, Xaenga boʻlinadi. Eng yirik portlari: Sevilya, Kordova (Qurtuba), Malaga, Kadis. Yevropaning eng janubiy nuqtasi — Marroki burni Andalusiya janubiy-gʻarbda Atlantika okeani (Kadis qoʻltigʻi), janubi-sharqda Oʻrta dengiz bilan oʻralgan, janubida Gibraltar boʻgʻozi uni Afrika qitasidan ajratib turadi. Gvadalkvivir daryosi havzasidagi Andalusiya pasttekisligi viloyat hududining aksari qismini egallagan. Pirenei yarim orolning eng baland nuqtasi — Mulasen choʻqqisi (3478 m) Andalusiyada joylashgan. Togʻlar doim yashil oʻrmon va butazorlar bilan qoplangan. Andalusiyada asosan, gʻalla, paxta, dukkaklilar, shakarqamish, zaytun mevasi va zaytun moyi, sitrus mevalar (apelsin) hamda uzum yetishtiriladi. Qoʻy, qoramol (korrida oʻyinlari uchun buqa), yilqi boqiladi, baliq ovlanadi, dengizdan tuz olinadi. Yalpi mahsulot qiymatining 1/5 qismi sanoatga toʻgʻri keladi. Andalusiyada poli-metall rudalari, temir ruda, toshkoʻmir konlari bor. Ishlab beruvchi sanoat tarmoqlaridan tashqari rangli metallurgiya, mashinasozlik (jumladan ke-masozlik), toʻqimachilik, kimyo, neft, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Malaga shahri kurort rayonining markazi sifatida mashhur. Andalusiya nomining kelib chiqishi aniqlan-magan. Arablar 8-asr avvalida Pireney yarim orol katta qismini egallagach, oʻsha joylarni Andalusiya (al-Andalus) deb ataganlar. Andalusiyada qadimda iberlar yashagan. Andalusiyada finikiyaliklarning manzilgohlari (koloniyalari) [Gades (Kadis), Korduba (Kordova), Malaka (Malaga) va boshqa], soʻngra karfagenliklarning manzilgohlari boʻlgan. Ispaniyada Rim hukmronligi davrida A. Betika (Rim provinsiyasi) hududiga kirgan. Arablar hukmronligi oʻrnatilgan davrda Andalusiya 4 ta qirollik (amirlik) — Xaen, Kurtuba, Sevilya, Gʻarnataga boʻlingan. 13-asrda rekonkista jarayonida A. arablardan tortib olingan (Gʻarnatadan tashqari). 1492-yil Gʻarnata egallanishi bilan Andalusiya toʻla-toʻkis Kastiliya va Aragon qirolligiga qoʻshib olingan. A.ning keyingi tarixi Ispaniya tarixi bilan uygʻunlashib ketgan. Granada, Kordova, Malaga, Sevilya shaharlarida Rim davri, arab madaniyati va Uygʻonish davrining tarixiy yodgorliklari saqlangan.[1]

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil