Usmon ibn Affon
Din asoslari |
Allohning birligi • Tavhid Farishtalar • Kitoblar Paygʻambarlar • Qiyomat Qazo va Taqdir |
Asosiy ibodatlar |
Kalimai shahodat Namoz • Roʻza Haj • Zakot |
Muhim Shaxslar |
Muhammad •
Abu Bakr • Umar • Usmon • Ali • Sahobalar • Ahli bayt • Islom paygʻambarlari |
Muqaddas matnlar |
Qurʼon • Hadis • Shariat Islom huquqi Muhammadning hayoti Makonlar • Islom falsafasi |
Islomdagi mazhablar |
Siyosiy mazhablar Eʼtiqodiy mazhablar Fiqh mazhablari • Soʻfizm |
Jamoat |
Islom taqvimi Jihod • Bayramlar Muborak kechalar |
Islom portali |
Usmon Ibn Affon (taxminan 575—656) — dastlabki toʻrt xalifadan uchinchisi (hukmronlik yillari 644—656). Umaviylar qabilasiga mansub. Makkalik boy savdogar. Muhammad (sav)ning dastlabki izdoshlaridan biri. Musulmonlar guruhi bilan Habashistonga koʻchgan, 623-yilda Madinaga kelgan. U avval Paygʻambar (as)ning qizi Ruqiyaga uylangan (taxminan 610-yili), u vafot etgach, Rasululloh ikkinchi qizi Ummu Gulsumni ham Usmonga nikohlab bergan (623-yili), shuning uchun "Zun-Nurayn" — ikki nur egasi, degan nom olgan. Usmon yangi xalifani saylashi lozim boʻlgan shoʻro tomonidan xalifa qilib tayinlangan. Usmon hukmronligi davrida sosoniylar davlatini fath etish tugallandi, musulmonlarning Tunis va Kavkazorti oʻlkalaridagi mavqei mustahkamlandi. Uning buyrugʻi bilan Qurʼoni karim matni toʻplanib, bir butun (mushaf) kitob shakliga keltirildi va turli oʻlkalarga tarqatildi, Masjid al-Nabaviy kengaytirilib, qayta taʼmirlandi. Rumo arigʻi qazildi. Umrining oxirgi yillarida birinchi bor xalifaga muxolifat yuzaga keldi, qoʻshin va viloyatlardagi zodagonlar oʻrtasida Usmon siyosatiga qarshi norozilik kuchaydi. Usmon Madinada, Qurʼon oʻqib turgan chogʻida dushmanlari tomonidan oʻldirilgan[1].
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
![]() |