Arabiston yarim oroliOsiyodagi eng yirik yarim orol; maydoni qariyb 3 mln.km², gʻarbda Qizil dengiz, jan.da Adan qoʻltigʻi va Arabiston den-gizi, sharqda Ummon va Fors qoʻltiqlari bilan oʻralgan. Arabiston yarim orolio. Afrika qalqonining bir qismi boʻlgan; paleogen dav-ri oxi-ri va neogen davrida chuqur Qizil den-giz botigʻi orqali Afrikadan ajralib, Osiyoga tutashib qolgan. Yarim orol aso-san arxey slaneslari va granitlaridan iborat kristall jinslardan tarkib top-gan. Bu jinslar Arabiston yarim orolio.ning butun gʻarbiy qismida va qisman janubida yer yuzasiga chiqib yotadi, qolgan katta qismida jin-slarning ustini mezozoy va kaynozoyning asosan ohaktosh va qumtoshlardan iborat yupqa qatlami qoplab olgan. Ne-ogen oxiri va toʻrtlamchi davr boshidagi tektonik yorilish, uzilish va gumbazeimon koʻtarilish natijasida Arabiston yarim orolio.da gʻarbiy vajanubiy qirgʻoqhamda chekkadagi qirlar paydo boʻlgan. Yoriqlardan vulkanlar ot-ilib chiqib, katta maydonni lava ("har-ra") qoplab olgan va lava qoplamlari ustidan nisbiy balandligi 1000 m gacha boʻlgan pastak vulkan qoldiqlari koʻtarilib tu-radi. Shunday vulkan kra-terlaridan bi-rida Adan shahri joylashgan. Arabiston yarim orolio.ning yer yuzasi chekka qismlaridan ichki va sharq tomonga asta-sekin pasayib boradi. Yarim orolning baland chekka qismlarida massiv va supasimon togʻlar bor. Ularning oʻrtacha bal. 1000 – 2000 m, janubidagi eng baland Asir va Yaman togʻlari 3600 m ga yetadi. Janubi-sharqida alp bosqichida burmalangan Ummon togʻli oʻlkasi bor, uning eng baland nuqtasi 3352 m. Arabiston yarim orolio.ning gʻarbiy va janubiy qirgʻoqlari boʻylab choʻzilgan kambar pastlik – Ti-xoma, shimoliy – Shimoliy Arabiston pla-tosi va Katta Nefud choʻli, markazining kristall jinslardan iborat gʻarbiy qismi Oʻrta Arabiston platosi deb ata-ladi, yarim orolning ohaktoshlardan iborat sharqiy qismi kuesta gryadalari-dir, katta maydonni band qilgan pastroq janubiy qismi esa Rub ul-Xoliy qum choʻli deyiladi. Arabiston yarim orolio., ayniqsa uning sharqiy past qismi neftga juda boy. Neft yuza joylashgan, qazib olish qulay. Arabiston yarim orolio.da yana temir, rux, fosforit-apatit rudalari, oltin, oltingugurt, kaliy va osh tuzlari konlari bor. Arabiston yarim orolio. iqlimi quruq tropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolda 7° boʻlsa, janubida 24°, iyunning oʻrtacha temperaturasi hamma qismida 30° dan yuqori, maksimal temperatura 50°, 55°, mini-mal temperatura shimolida 11°, Adanda 16°. Yogʻin kam (100 mm), faqat Yamanda (750 mm) va Ummon togʻlarida (500 mm) koʻproq. Oqar suvlar togʻli yerlardagina bor. Qolgan joylarda faqat quruq oʻzanvodiylar uchraydi. Ba’zi joylarda yer osti suvlari chiqib yotadi. Tuproq qumli va toshloq choʻllarda butunlay yoʻq yoxud hali 589ibtidoiy holda. Arabiston yarim orolio.ning shimoliy qismi boʻz tuproq bilan, janubiy va janubi-sharqidagi togʻli oʻlkalar qizil va qizil-qoʻngʻir togʻ tuproqlari bilan qoplangan. Arabiston yarim orolio.da aso-san Afrika florasiga xos oʻsimliklar oʻsadi, Hindiston va Oʻrta dengiz atro-figa xos oʻsimlik turlari ham uchraydi. Choʻllarda oʻsimlik siyrak, ular shuvoq, shoʻra, astragal, kermak, yulgʻun kabi il-dizlari uzun, dagʻal oʻt yoki buta, yoxud da-raxtchalardan iborat. Bahorda efemerlar barq urib oʻsadi. Togʻlarning sernam yon bagʻirlarida barg toʻkadigan oʻrmonlar uchraydi. Janubi-gʻarb va janubi-sharqda savanna tipidagi oʻsimliklar oʻsadi. Vohalarda xurmo daraxtlari ayniqsa koʻp. Hayvonlardan jayron, yovvoyi eshak, qoʻshoyoq, qumsichqonlar, sirtlon, boʻri, chiyaboʻri, tulki, choʻl parrandalari va xilma-xil sudraluvchilar yashaydi. Arabiston yarim orolio.da BAA, Saudiya Arabistoni, Yaman, Quvayt, Qatar, Ummon davlatlari, Iroq va Iordaniyaning bir qismi joylashgan (bu mamlakatlar tabiati haqida tegishli maqolalarga q.).

Arabiston yarim oroli

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil