Arabiston dengizi
Arabiston dengizi – Hind okeanining shimolidagi chekka dengiz. Hindiston va Arabiston yarim orollari oralig‘ida joylashgan. Maydoni 4832 ming km². O‘rtacha chuq. 2734 m. Eng chuqur joyi 5803 m. Yirik qo‘ltiqlari – Adan va Ummon. Hind daryosi quyiladi. Iqlimi tropik mussonli. Dengiz yuzasidagi suv temperaturasi fevralda shimolda 22° dan janubida 27° gacha, avgustda 24 – 27°. Sho‘rlik darajasi 35,8 – 36,5‰. Oqimlar qishda soat mili harakati bo‘yicha, yozda g‘arbdan sharqqa yo‘naladi. Arabiston dengizida dyugan, uchar baliqlar, tunes, seld va boshqa ko‘p tarqalgan. Asosiy portlari: Bombay, Ka-rochi, Adan, Kolombo.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |