Apatit (yun. apatao — aldayman) — fosfatlar sinfiga mansub mineral. Tarkibida R2O5ning miqdori 42%. Aralashmalari: SO2, Mp, kamyob f ele-mentlari, U, Sr va boshqa Oq, zangori, sariq, binafsha rang va boshqa rangdagi kristall va donador agregatlar. Qattiqligi 5. S. og. 3,2. Kimyoviy tarkibiga qarab A. ftora-patit, gidroksilapatit va xlorapatitga boʻlinadi. A. magmatik, gidrotermal, pnevmatolit yoʻl bilan hosil boʻladi. Baʼzan A. kvars yertomirlarida va kristalli slaneslarda ham uchraydi. Choʻkindi jin-slarda A. guruhiga kiradigan minerallar fosforitlar va qazilma suyaklar sha-klida uchraydi. A. oʻgʻit, fosfor kislota va uning tuzlarini olishda xom ashyo; qora va rangli metallurgiyada hamda keramika va xira oyna ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Kamyob yer elementlari qoʻshilgan sintetik A. optikada qoʻllaniladi. Oʻzbekistondagi fosforitlarning asosiy qismi A.dir.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil