Zayd ibn Sobit
Zayd ibn sobit, (to'liq ismi Abu Xorija (Abu Sayd) Zayd ibn Sobit ibn az Zahhok al-Ansoriy al-Xazrajiy) (taxminan 615-taxminan 665) — Muhammad (sav)ning kotibi, Qurʼonning yozma matnini jamlovchisi. Xazraj qabilasidan. 11 yoshida islomga kirdi, Muhammad (sav) xuzurida Qurʼonni oʻrgandi va yod oldi. Sahobalarning yetuk namoyandalaridan biriga aylandi. Oromiy (suryoniy) hamda yaxudiylar xati (yozuvi) va tilini bilgan. Muhammad (sav) vafotidan soʻng xalifa Abu Bakr Siddiq unga Qurʼon matnini jam qilishni buyurdi. Xalifa Usmon ibn Affon davrida (650-yildan soʻng) unga uch makkalik (Abdulloh ibn Zubayr, Saʼd ibn Asom, Abdurahmon ibn Horis) bilan birga Qurʼonning rasmiy yozma matnini tuzish topshirilgan. Tuzilgan bu toʻplam "Mushaf", "Usmon mushafi" nomi bilan yuritilgan. Uni xalifa Usmon birdan-bir toʻgri va barcha musulmonlar oʻqishi uchun majburiy matn, deb eʼlon qilgan. Undan farq qiladigan toʻplamlarning barchasini yoʻqotish haqida buyruq bergan. 3. S, shuningdek, mol-mulkni taqsimlash qoidalari (faroiz) bilimdoni, hazrat Umar davrida qabilalar devonini tuzuvchilardan biri, xalifa Usmon davrida Madinada xalifaning xazinaboni boʻlgan va qozilik qilgan.[1]
Manbalar
tahrir