Abdurahmon ibn Avf (taxminan 579-654) -sahoba; makkalik ilk (Xadichadan keyin)

sakkiz musulmonning beshinchisi. Asharai Mubashsharalardan. Abdurahmon ibn Avf ham Habashistonga, ham Madinaga koʻchgan muhojirlardan bólgan . Badr, Uhud va boshqa janglarda Muhammad (sav)ning yonlarrida boʻlgan. Uhud jangida yigirma joyidan yaralangan. Dastlab faqir edi, soʻngra tijorat bilan shugʻullanib boyib ketgan. Xayr-ehsonni koʻp qiladigan, bu odatni yaxshi koʻradigan zot boʻlgan. Bir kunda oʻttiz qulni ozod qilgan. Mol-dunyosining bir qismini hayotligida musulmonlarga tarqatgan, bir qismini gʻoziylarga vasiyat qilib qoldirgan. Umar (ra)dan soʻng xalifa boʻlishni istamagan, hakamlik qilgan. Usmon (ra)ni xalifa etib saylagan va hammadan oldin unga bayʼat qilgan. Abduramon ibn Avf Abdur Rahman bin Awf, (Arabchasi:عبد الرحمن بن عوف‎) Fil yilidan 10 yildan soʻng tavallud topgan va 31 hijriy yilda – 652 milodiyda 72 yoshida vafot etgan. Paygʻambar s.a.v ning sahobalaridan.

Ismi tahrir

Uning haqiqiy ismi Abdul Amr (Amrning quli) boʻlgan. Islomga kirishi bilan Paygʻambar s.a.v uning ismini Abdulrohman – “Eng kechirimlining quli” deya oʻzgartiradilar. Ismlari yana quyidagi shakllarda keladi: Andel Rahman ibn Auf, Abdur-Rahman ibn 'Auf, Abdur-Rohman ibn Avf va Abdur-Rohman ibn Avf.

Islomga kirishi tahrir

Abu Bakr r.a bir kuni ibn Avfga Islom haqida soʻzlab beradilar va Paygʻambar Muhammad s.a.v bilan uchrashishga taklif qiladilar va bu uchrashuv ibn Avf r.a ning iymon kalimalarini keltirishi bilan yakunlanadi. Soʻngra Paygʻambar s.a.v unga Islom va ibodatda taʼlim bera boshlaydilar. Bu voqea ilk musulmonlarning Al-Arqamning uyini makon tutishlaridan avvalroq sodir boʻlgan edi. Shuni taʼkidlash lozimki Abdurahmon ibn Avf Iymon keltirgan ilk 8 kishidan biridir. Tahminan 614 yildan boshlab Quraysh kofirlari Paygʻambar s.a.v va ularning safdoshlariga ochiqdan ochiq dushmanlik yoʻliga oʻtdilar. Musulmon boʻlgan savdogarlarga esa: “Keltirgan tijorat mollaringi sotib olmaymiz va sizlarni qashshoqlashtiramiz” deya dagʻdagʻa qilishni boshlashdi. Abdurohman 615 yilda 15 kishilik guruhda Efiopiyaga hijrat qiladi. Keyinchalik boshqa musulmonlar ham ular ortidan hijrat qilib ketdilar va Efiopiyadagi jami musulmonlar soni 100 dan oshib ketdi. “Ular u yerda o'zlarini havfsiz his qilishar, Allohga ibodatlarini hech qanday havfdan qo'rmasdan amalga oshirishar va buning uchun ularga juda iliq mehmondo'stlik ko'rsatib o'z himoyasiga olgan Najoshiydan minnatdor edilar.” 619 yilning ohirlari va 620 yilning boshlarida ular Makkaliklarning koʻpchilig Islomni qabul qilganliklari haqidagi xabarni eshitishadi. Abdurohman yurtiga otlangan ilk 40 kishi safida Makkaga qaytib ketadi. Biroq Makka yaqiniga kelishganida ularga yetib kelgan habar yolgʻon ekanligi maʼlum boʻlib qoladi va natijada shaharga yashirincha yoki kimnidir himoyasi ostida kirishga majbur boʻlishadi.

Madinaga Hijrat 622 yilda Abdurohman Madinaga boshqa musulmonlar qatorida hijrat qilib ketadi va u yerda oʻz tijoratini boshlab oyoqqa turguncha Saad ibn Al-Rabi bilan bir uyda yashay boshlaydi.

Badr Janggi Abdurohman Islomning ashaddiy dushmani boʻlmish Umayya ibn Halaf bilan doʻst edi. Madinaga hijrat qilarkan Abdurohman Umayya bilan yozma kelishuv qilib oldi va bu kelishuvga asosan Abdurohman Madina shahrida Umayyaga tegishli mol-mulk va oila aʼzolarini himoya qilishi va aksincha Umayya Abdurohmanga tegishli mol-mulk va oila aʼzolarini Makka shahrida himoya qilishlari shart edi. …..............................................................................................................................................................................................................


Bu ikki doʻst 624 Milodiy yilning Mart oyida Badr janggida uchrashishdi. Bu uchrashuvni Abdurohman quyidagicha hikoya qiladi: “Badr kunida hamma uyquga ketganda uni himoy”a qilish uchun tepalikka chiqdim. Bilol uni ko'rib qoldi (Umayyani) va Ansorlarni yig'ish uchun ketdi va ularga qarab: “Ana u Umayya bin Halaf! Sho'rim qurib qolsin agar u qochib qolsa!” dedi va Ansorlarni bir guruhi Bilol bilan ortimizdan quvib kela boshlashdi. Ular bizga yetib olishlarida qoʻrqib qochar ekanmiz ularga Umayyaning oʻg'lini ularga ushlanib qolishlari uchun tashlap ketdim. Biroq Ansorlar uni oʻldirishdi va bizni taʼqib qilishni davom etishdi. Umayya jismonan semiz odam edi shuning uchun ular bizga yetib olishlariga bir bahya qolganida men Umayyaga tiz choʻkikalab olishini aytdim va uni himoya qilish uchun oʻzimni uning ustiga tashladim. Lekin Ansorlar shamshirlarini yon taraflarimdan suqib uni oʻdirishdi va birlari qilichi bilan oyogʻimni ham yaraladi. (Hikoya qiluvchi : “Abdurohman oyog'ining orqasidagi jarohatini bizga ko'rsatar edi” deya aytar edi.)

Daumatul Jandalni fath etilishi Milodiy 626 yilning Avgust oyida, Paygʻambarimiz s.a.v Abdurrohman ibn Avfni Daumatul Jandal yeridagi Kalb qabilasiga hujum qilish uchun yubora turib unga quidagi yoʻriqnomani beradilar: “Buni ol ey Ibn Avf, Alloh yo'lida barcha bilan jang qil va unga shak keltirganlarni qatl qil. O'lja borasiga yolg'onchi bo'lma, Hiyonat qilma, zulm qilma va bolalarni o'ldirma. Bu Allohning buyrg'i va oralaringizdagi Payg'ambarning amalidir.” Abdurrohmana Kalbliklarni magʻf etib ulardan Islomga sodiqlik haqida ahd oldi. Soʻngra qabila boshligʻining qizi boʻlmish – Tamadur binti Al-Asbagʻga uylanish va uni Madinaga olib kelish orqali bu yangi tuzilgan ittifoqni mustahkamladi.

Halifalarning saylanishidagi Ishtiroki. 634 Milodiy yilning Avgustida oʻlim toʻshagida yotgan Halifa Abu Bakr r.a oʻz huzuriga Abdurrohman va Usman r.a larni chorlaydi va oʻzining oʻrniga yangi Halifa etib Umar ibn al-Hattobni tanlaganini maʼlum qiladi.

Bundan 10 yil oʻtib – 644 Milodiy yilda yaralangan halifa – Umar r.a olti kishini (Shuaro Kengashi) oʻzidan keyingi Halifani tanlash uchun tanlaydi. Ushbu kengash aʼzoligiga – Saad ibn Abi Waqqos, Abdulrahmon ibn Avf, Zubayr ibn al-Avvom, Talha ibn Ubaydulloh, Ali ibn Abi Tolib va Usmon ibn Affonlar tayinlangan edilar. Abdurrohan ibn Avf tomonidan uchinchi halifa etib Usmon bin Avf tanlangan edi.

Oilasi. Abdurrohman ibn Avf r.a kamida oʻn besh marotaba uylangan va bizga maʼlum boʻlgan farzandlarining soni yigirma sakkiztadir. 1. Ummu Kultum binti Utba al-Abdushamsiya A) Salim (Islomdan avval vafot topgan) 2. Shayba ibn Robia ibn Abdushamsning qizi A) Umm Al-Qosim (Islomdan avval dunyoga kelgan) 3. Habiba binti Jaxsh al Asadiya (Farzandsiz) 4. Tamadir binti Al-Asbagʻ al Kalbiya. Ibn Avf r.a oxirgi kasalligi davrida u bilan ajrashgan boʻlishiga qaramasdan, boshqa yana uchta ayollaridek undan qoladigan merosning 1/32 qismiga yaʼni tahminan 80.000 – 100.000 dirhamga ega boʻldilar. A) Abdulloh (Abu Salama) 5. Ummu Kulsum binti Uqba al -Umayyiya A) Muhammad. Shu farzandidan ibn Avf r.a ning kunyalari “Abu Muhammad” olingan B) Ibrohim C) Humayd. D) Ismoil E) Hamida F) Amat ar-Rahmon (kattasi)

6. Sahla binti Osim. Madining Baliyy qabilasidan. A) Maan B) Umar C) Zayd D) Amat ar-Rahmon (kichigi)

7. Bahriya binti Hani. Shayban qabilasidan. A) Urva – Kattasi. (Ifriqiyada oʻldirilgan). 8. Sahla binti Suhayl. Qurayshning Amir ibn Luayy qabilasidan. A) Salim – Kichkinasi. (Ifriqiyada oʻldirilgan) 9. Ummu Hakim binti Qoriz A) Abu Bakr

10. Abu al-His ibn Rofining qizi. Madinaning Abdulashxal ibn Avs qabilasidan. A) Abdulloh. (Afrikani zabt etishdagi janglarda halok boʻlgan) 11. Asmo binti Salama A) Abdurrahmon 12. Umm Hurayz. Bahralik urushdan qoʻlga olingan asira. A) Musʼab B) Amina C) Maryam 13. Majd binti Yazid al-Himyariya A) Suhyal (Abuʼl-Abayd) 14. Zaynab binti As-Sabbah A) Umm Yahyo 15. Badiya binti Gʻaylon al-Saqafiya A) Juwayriya 16. Gʻassol binti Husrav. (Joriya) Madoinda qoʻlga olingan asira A) Usmon 17. Boshsqa Joriyalar (Ismlari nomalum) A) Urwa B) Yahyo C) Bilol

Sahiyligi Abdurahmon ibn Avfning r.a. Sahiyligi va qoʻli ochiqligi haqida juda ham koʻp rivoyatlar qilingan. Bir safar u 1500 tuyani Paygʻambarimizga jihozlab bergan. Bundan tashqari yana 400 dinorni Badrda omon qolganlarga va juda katta mol mulkni Paygʻambarimiz s.a.v dan keyin qolgan ayollariga vasiyat qilib ketgan. Bir kuni u 700 tuyadan iborat savdo karvonini Madinaga olib keladi. Oysha r.a aytadilar: “Men Allohning Payg'ambar s.a.v bunday deganlarini eshitdim: 'Men Abdurahmon ibn Avfning Jannatga sudralib – ormalab kirayotganini ko'rdim'”. Bu habar Abdurahmon ibn Avf r.a ga aytilganda u: “Agar imkonim bo'lganda albatta Jannatga tik turgan holimda kirar edim, Allohga qasamki ushbu karvonning barchasini sadaqa qilib yuborurman” dedi va shunday ham qildi.

Vafoti Abdurohman ibn Avf r.a Usmon r.a halifaligi davrida Levantda (بلاد الشام) hijriy 33 yilda (653-654 milodiy) vafot etdi. Uning jasadini hozirgi Ummon va Iordaniyada joylashgan tepalikning Shimoliy-Sharqiy qismiga dafn etiladi.

Abdurahmon ibn Avf Jannat habari berilgan 10 kishidan biri deya eʼtirof etiladi (al-asharatu-l mubashshirin).