Rashidun deb Togʻri yoʻl boshlovchi xalifalar yoki Toʻgʻri xalifalar (arabchada:الخلفاء الراشدون , oʻqilishi: al-Khulafā’ ur-Rāshidūn) aytiladi. Sunni Islomda bu Rashidun xalifalaligini vujudga keltirgan dastlabki toʻrtta xalifalardir: Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon ibn Affon va Ali. „Togʻri yoʻl boshlovchi xalifalar“ kontsepsiyasi Abbosiylar dinastiyasidan kelib chiqgan. Ushbu tushuncha sunni urf odatlariga borib taqaladi. „Mening misolimga(sunnat) va Togʻri yoʻl boshlovchi xalifalarimga qattiq yondosh“(Ibn Moja, Abu Dovud).