Madina (arab, nomi — Madinat Rasulilloh yoki Madinat un-Nabi — paygʻambar shahri) — Saudiya Arabistonidagi shahar, mamlakatning gʻarbiy qismida, Hijoz viloyatida, Qizil dengizdan 250 km sharqdagi vohada joylashgan. Aholisi 750 ming kishiga yaqin (2002). Uni Yasrib ham deyishadi.

Madina
shahar
24°28′0″N 39°36′0″E / 24.46667°N 39.60000°E / 24.46667; 39.60000 G OKoordinatalari: 24°28′0″N 39°36′0″E / 24.46667°N 39.60000°E / 24.46667; 39.60000 G O
Mamlakat Saudiya Arabistoni
Maʼmuriy okrug Madina
Hukumat
 • Gubernator Faysal ibn Solmon Al Said
Avvalgi nomlari Yasrib
Maydon 589 km2 (227 mi²)
Markazi balandligi 608 m
Rasmiy til(lar)i arab'cha
Aholisi
 (2017)
1 152 991
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+3
Madina xaritada
Madina
Madina
Masjidun Nabaviya

Tarixi tahrir

Shaharga asos solingan vaqt maʼlum emas. Shahar Madinai-Munavvara — Nurafshon shahar, al-Islom, Qalb al-Islom, Dor al-Islom, Dor as-Sunna kabi 95 dan ortiq nom bilan ulugʻlanadi. Qadimda Yasrib (Yatrib) deb atalgan. Ptolemey oʻz "Geografiya"sida bu shaharni "Yatrippa", vizantiyalik Stefan esa "Yatrippa polis" deb bergan. Yasrib nomi bilan u Qurʼoni karimda ham qayd qilinadi. 622 yilda Yasribga Muhammad paygʻambar boshchiligida musulmonlar koʻchib oʻtdi. M.da musulmon davlatchiligiga asos solindi va u birinchi poytaxt sifatida eʼtirof etildi. 7-asrdan boshlab M. musulmonlarning Makkayaan keyingi eng katta ziyoratgohi. 632—661-yillar M. — Roshidiyn xalifalar davlati deb nom olgan mamlakatning poytaxti. Umaviylar va Abbosiylar davrida Hijozning maʼmuriy markazi. 10-asrdan Misrga tobe boʻlgan. Misr turklar tasarrufiga oʻtgach (1517), Usmonli turk saltanati, keyinroq Hijoz podsholigiga (1919) qoʻshib olingan. 1927-yil M.ni Ibn Saʼud qoʻshinlari zabt etdi, 1932-yildan Saudiya Arabistoni tarkibida.

Asrlar davomida M. oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda. Qurʼoni karimning eng katta suralari (Baqara, Oli-Imron, Niso, Moida va boshqalar) M.da nozil boʻlgan. Shaharda Podshoh Fahdning Qurʼon chop etiladigan maxsus bosmaxona majmuasi bor. M. markazida Muhammad paygʻambar uyi oʻrniga Katta Masjid (656) qurilgan. Shahardagi suv minorasi diqqatga sazovor joy. Minoraning yuqori qismidagi maydondan shaharning aksariyat qismi koʻrinib turadi.

M. aholisi, asosan, ziyoratchilarga xizmat qilish, ibodat uchun zarur buyumlar (tasbeh, joynamoz, maxsus kiyimlar) ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi, shahar chetida dehqonchilik va bogʻdorchilik mahsulotlari (xurmo va sabzavot) yetishtiriladi. M.da oʻquv muassasalaridan kollejlar, Madrasa va bilim yurtlari, Islom universiteti (1961) bor.

M. atrofida uchta aylanma yoʻl qurilgan, eng zamonaviy aloqa vositalari mavjud. Shahar avtomobil yoʻllari orqali Makka, Najaf (Iroq), Ammon (Iordaniya), Yanbo va Jidda shaharlari bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dengiz suvini chuchuklashtirib beruvchi inshoot qurilgan.

Iqlimi tahrir

Madinaning iqlimi juda issiq boʻlib, iyundan sentyabrgacha boʻlgan oʻrtacha harorat kunduzi +35 °C dan, baʼzi kunlarda esa +45 °C dan oshishi mumkin. Bundan tashqari, Qizil dengizning yaqinligi koʻpincha shahardagi issiqlikni nam qiladi va bunga chidash juda qiyin boʻladi.

Madinaning iqlimi tropik choʻl iqlimidir. Madinada yogʻingarchilik juda kam boʻladi, yiliga atigi 50 mm yomgʻir yogʻadi, bu Madinani dunyodagi eng quruq yirik shaharlardan biriga aylantiradi. Yogʻingarchilik faqat kuz-qish davrida yogʻadi.

Qish oylarida havo harorati ancha past boʻlib, kunduzi havo oʻrtacha issiq, kechalari salqin boʻladi.

Madina iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 35,2 36,0 37,4 39,5 42,6 46,4 47,7 47,0 42,5 38,5 36,6 34,5 47,7
Oʻrtacha maksimal, °C 23,6 26,1 30,2 33,9 38,9 41,7 39,3 42,2 41,0 36,4 29,7 25,0 43,0
Oʻrtacha harorat, °C 17,7 19,9 23,8 27,6 32,2 35,8 36,0 35,9 34,4 29,4 23,4 19,0 27,9
Oʻrtacha minimal, °C 11,6 13,3 17,4 20,8 24,9 27,9 28,4 28,7 27,1 21,9 17,2 12,9 21,0
Mutlaq minimal, °C 0,0 4,6 7,4 10,0 18,8 21,0 25,7 25,5 22,9 15,5 10,6 8,2 0,0
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 8 1,2 8,3 11,9 4,6 0,4 0,2 0,3 0,1 1,1 9,2 3,8 49,1
Manba: World Climate

Manbalar tahrir

Adabiyot tahrir

  • Hasanov A. A., Makka va Madina tarixi, T., 1992; Inogʻomov S. R., Saudiya Arabistoni podshohligi, T., 1998.

Ahadjon Hasanov.[1]

Madina — (arab;(المدينة المنورة) shahar Saudiya Arabistonining Xijoz bodisida joylashgan. Asil ismi Yasrib edi Muhammad salolohu alayhi vasalam makkadan hijrat qilib kelgandan keyin Madina nomi (ﺍﻟﻨﺒﻲمدينةyani payganbar shahri ) deb atala boshladi.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil