Banu Nadir (arabcha: بَنُو ٱلنَّضِير, ivritcha: בני נדיר) – Arabistonning shimoliy qismida Madinada VII asrgacha yashagan yahudiy arab qabilasi. Ular Qurayshga qarshi Uhud jangida magʻlubiyatga uchraganidan soʻng, savdo karvonlariga qilingan talonchilik hujumlariga qarshi va Badr jangi uchun qasos olish maqsadida harakat olib borishganligi sababli quvib chiqarilgan[1].

Qur’onda Banu Nodir qabilasining Allohga va Muhammadga qarshi boʻlganliklari aytilgan[1].

Nasabi tahrir

Arab tarixchisi Sam’oniyning yozishicha, Banu Nodir qabilasining aʼzolari Iudeyadan Arabistonga koʻchib kelgan yahudiy an-Nodirning avlodlari hisoblanadi[2]. Arab tarixchisi (Ibn Hazm)ning fikriga koʻra, ular Bibliyadagi Horunning toʻgʻridan-toʻgʻri patrilineal avlodlaridir[3].

Tarixi tahrir

Madinada oʻsha davrda Banu Nodirdan tashqari yana ikkita yirik arab qabilalari mavjud boʻlib, ular Banu Avs va Xazraj qabilalari edi. Ilgari ularga ikki yahudiy arab qabilalari Banu Qurayza va Banu Qaynuqo ham qoʻshilgan edi.

Madinaning boshqa yahudiylari singari, Banu Nodir ham arabcha nomlarga ega edi, ammo ular yahudiycha-arabcha lahjada gaplashar edilar. Ular qishloq xoʻjaligi, sudxoʻrlik, qurol-yarogʻ va zargarlik buyumlari savdosi orqali Makkadagi arab savdogarlari bilan savdo aloqalarini saqlab qolishgan. Banu Nodir qabilasi qal’alari Madinaning janubiga yarim kunlik yurish masofasida joylashgan edi[4].

Qabila urushi tahrir

617-yili Buas jangida arablarning ikki qabilasi Banu Avs va Xazraj bir-biriga qarshi urush boshlaganida yana boshqa uchta yahudiy qabilalari ikkala tomonni ham qoʻllab-quvvatlab, shu orada foyda olish maqsadida ikkala qabilaga ham qurol-yarogʻ sotgan. Kaʼb ibn al-Ashraf va Huyay ibn Axtab boshchiligidagi Banu Nodir[4] va Banu Qurayza Banu Avs bilan birgalikda jang qiladi, Banu Qaynuqo esa Xazraj qabilasi bilan ittifoq tuzadi. Uzoq va mashaqqatli jangdan soʻng Xazraj qabilasi magʻlubiyatga uchraydi[5].

Muhammadning kelishi tahrir

622-yil sentyabr oyida Muhammad Madinaga hijrat qiladi. Muhammad Madinaga oʻzining bir guruh izdoshlari bilan keladi va ularga ansorlar nomi bilan mashhur boʻlgan mahalliy jamoa aʼzolari tomonidan boshpana beriladi. Muhammad oʻzining Madinadagi ilk harakatlarini u yerda masjid qurish orqali boshlaydi[6]. Keyin esa Madina Konstitutsiyasi deb nomlanuvchi musulmonlar, ansorlar va Madinadagi turli yahudiy qabilalar[7] oʻrtasida shaharni boshqarish masalalarini, shuningdek, jamiyatning oʻzaro munosabatlari koʻlami va tabiatini tartibga solish uchun shartnoma tuzadi. Shartnomaning shartlariga Qurayshni boykot qilish, ularga har qanday yordam koʻrsatishdan voz kechish, uchinchi tomon hujum qilgan taqdirda bir-birlariga yordam berish, shuningdek, chetdan hujum uyushtirilgan taqdirda Madinani himoya qilish vazifalari kirgan[8][9][10].

Banu Qaynuqo qabilasining haydalishiga munosabati tahrir

Muhammad va Banu Qaynuqo qabilasi oʻrtasida sodir boʻlgan voqeadan soʻng, qabila Muhammad tomonidan qamal qilingan va Madinadan haydalgan[11][12]. Banu Nodir qabilasi esa ushbu mojaroni yahudiylarning qabilaviy kurashining yana bir namunasi deb hisoblagan holda unga aralashmagan[13].

Madinadan chiqarib yuborilishi tahrir

 
Banu Nodirning musulmon qoʻshinlariga boʻysunishi (XIV asrga oid rasm)

625-yilning mart oyida Uhud jangidagi magʻlubiyatidan soʻng, Banu Nodir Muhammadga qarshi chiqadi[14].

Oʻsha yilning iyul oyida Amr ibn Umayya al-Hamriy ismli bir musulmon tomonidan ikki kishi oʻldiriladi. Amr ibn Umayya al-Hamriy va Banu Nodir qabilasi Banu Omir bilan kelishuvga koʻra ularga qon pulini toʻlashga majbur boʻlganliklari sababli al-Hamriy qon puliga nisbiy hissa qoʻshish va muzokaralar olib borish maqsadida Banu Nodirlarning huzuriga keladi. Dastlab Huyay ibn Axtabdan tashqari qabilaning aksariyat qismi Muhammadning iltimosini qabul qilishga moyil edi. Biroq Abdulloh ibn Ubay ibn Salul ibn Axtabga ittifoqdosh koʻchmanchilar bilan birgalikda Muhammadga qarshi hujum qilish niyatida ekanligini aytadi. Shundan keyin Banu Nodir toʻlanadigan qon pulining oʻziga tegishli qismi berishni oʻsha kungacha qoldiradi.

Muhammad Banu Nodir qabilasini unga suiqasd uyushtirishda maqsadida ekanligini va u buni vahiy[14] yoki Muhammad ibn Maslama orqali bilganini aytadi[15].

Boshqa manbalarga koʻra, Banu Nodirlar Muhammadni diniy bahs-munozaralar olib borish uchun oʻz uylariga taklif qilishgan va unga faqatgina uch nafar kishisi bilan kelish shartini qoʻyishgan. Banu Nodirlar tomon borar yoʻlida Muhammadga Islom dinini qabul qilgan ushbu qabila bilan boʻladigan munozarada unga suiqasd uyushtirilishi haqida xabar kelgan[15].

Shundan keyin Muhammad Banu Nodirni qamal qiladi. Ularga bor mol-mulklarini topshirib, oʻn kun ichida Madinani tark etishlarini buyuradi. Avvaliga qabila buyruqqa rozi boʻlishga qaror qiladi, ammo Madinaning Muhammadga qarshi baʼzi kishilari Banu Nodir qabilasiga xabar yuborib: „Turinglar, oʻzingizni himoya qilinglar, biz sizni Muhammadga topshirib qoʻymaymiz. Agar sizlarga hujum qilinsa, biz ham sizlar bilan birga jang qilamiz, agar ketsangiz, biz ham sizlar bilan boramiz“, deydi[16]. Huyay ibn Axtab qabila ichidagi qarshiliklarga qaramay, Banu Qurayzadan ham yordam umid qilib, Muhammadga qarshilik koʻrsatishga qaror qiladi[4]. 14 kun davom etgan qamaldan soʻng, Muhammad Banu Nodir uning buyrugʻini bajarmaganini koʻrgach, qabilaning xurmo daraxtlarini kesib, yoqib yuborishni buyuradi. Buni eshitgan Banu Nodir esa daraxtlarni asrab qolish maqsadida taslim boʻlishga majbur boʻladi. Taslim boʻlish shartiga koʻra, Banu Nodirlar oʻzlari bilan faqat qurol-yarogʻdan tashqari tuyalarda olib yurishlari mumkin boʻlgan barcha narsalarni olib ketishlari mumkin edi[4].

Banu Nodir qabilasi aʼzolari 600 tuyaga minib Madina boʻylab choʻgʻ va daflar sadolari ostida aylanib chiqishadi[14]. Al-Voqidiy ularning xayrlashuvini shunday tasvirlaydi: „Ularning ayollari shoyi, kimxob, baxmal, nozik qizil va yashil ipak kiyimlar kiygan edi. Odamlar ularni koʻrish uchun saf tortdilar“[17]. Banu Nodirning koʻp qismi Haybar yahudiylari orasidan boshpana topadi, boshqalari esa Suriyaga hijrat qiladilar[4]. Ibn Is’hoqning yozishicha, Banu Nodirning Haybarga borgan boshliqlari Sallam ibn Abul Huqayq, Kenana ibn al-Robiy va Huyayy ibn Axtablar yahudiy boshliqlariga boʻysunadilar[18].

Muhammad ularning yerlarini Makkadan oʻzi bilan birga Madinaga hijrat qilgan sahobalariga boʻlib beradi[14].

Aytishlaricha, Banu Nodir qabilasidan quvilganidan keyin Muhammadga Hashr surasi nozil boʻlgan[4].

Xandaq jangi tahrir

Muhammadga qarshi hizb tuzgan bir qancha yahudiylar, jumladan, Sallam ibn Abul Huqayq, Kenana ibn al-Robiy va Huyay ibn Axtob, Xaybarga borgan Banu Nodir boshliqlari Voyliy qabilasidan yana ikki boshliq bilan birgalikda Qurayshga borib, Muhammaddan butunlay qutulish uchun unga qarshi ittifoq tuzishni taklif qiladilar. Ular Gʻafton qabilasini ham Muhammadga qarshi jangga kirishga koʻndiradilar[19]. Banu Nodir koʻchmanchi qabilalar musulmonlarga qarshi jangga qoʻshilsa, ularga Xaybardagi xurmo hosilining yarmini berishni vaʼda qiladi. Quraysh lashkarboshisi Abu Sufyon Banu Nodirning moliyaviy yordami bilan 10 000 kishilik qoʻshin toʻplaydi. Muhammad faqatgina 3000 ga yaqin qoʻshin toʻplay olganiga qaramay, oʻsha paytda Arabistonda nomaʼlum boʻlgan yangi mudofaa shaklini qoʻllagan edi. Musulmonlar Madinaning otliq qoʻshinlari hujumi uchun ochiq boʻlgan joyda xandaq qazishadi. Bu gʻoya Islomni qabul qilgan fors, Salmon al-Forsiyga tegishli edi. Madinani qamal qilish 627-yilning 31-martida boshlanib, ikki hafta davom etadi[20]. Abu Sufyon qoʻshinlari oʻzlari duch kelgan istehkomlarga tayyor emas edilar va bir necha hafta davom etgan samarasiz qamaldan soʻng, ittifoqchilar uylariga qaytishga qaror qiladi[21]. Qur’onning 33:9-33:27 oyatlarida ushbu jang haqida gapirilgan[22].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Buhl & Welch 1993.
  2. Abdulkarim al-Sam’ani. Al-Ansab. Jinan Publish house. Beirut. 1988. v4 p475 & v5 p503
  3. Ibn Hazm. Jawame Al-Syira Al-Nabawyia. Dar Al-Kotob Al-ilmiyah. Beirut. 2009. p26
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Vacca, V.. "Nadir, Banu 'l". in P.J. Bearman. Encyclopaedia of Islam Online. Brill Academic Publishers. ISSN 1573-3912. Vacca, V. „Nadir, Banu 'l“. In P. J. Bearman; Th. Bianquis; C. E. Bosworth; E. van Donzel; W. P. Heinrichs (eds.). Encyclopaedia of Islam Online. Brill Academic Publishers. ISSN 1573-3912.
  5. jewishencyclopedia.com
  6. Ibn Kathir, al-Bidaayah wa al-Nihaayah, Vol II, p. 279
  7. Ibn Hisham, Vol. I, p. 501.
  8. Saif-ur-Rahman Mubarakfuri, ar-Raheeq al-Makhtoom – „The Sealed Nectar“
  9. Ibn Hisham, as-Seerat an-Nabaweeyat, Vol. II, p. 147-150.
  10. Ibn Ishaq, p. 231-235.
  11. Ibn Ishaq. The Life Of Muhammad — 362–364 bet. 
  12. al-Tabari. The History of Al-Tabari Volume 7: The Foundation of the Community — 85–87 bet. 
  13. Stillman, Norman. The Jews of Arab Lands: A History and Source Book. Philadelphia: Jewish Publication Society of America, 1979 — 13 bet. ISBN 0-8276-0198-0. 
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 Stillman (1979), p. 14.
  15. 15,0 15,1 al-Halabi, Nur al-Din. Sirat-i-Halbiyyah. Uttar Pradesh: Idarah Qasmiyyah Deoband — 34 bet. al-Halabi, Nur al-Din. Sirat-i-Halbiyyah. Vol. 2, part 10. Uttar Pradesh: Idarah Qasmiyyah Deoband. p. 34.Translated by Muhammad Aslam Qasmi.
  16. „'Biography of Muhammad' by Ibn Ishaq“ (2004-yil 25-iyun). 2004-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  17. Al-Waqidi. Kitab al-Maghazi Marsden Jones: , London, 1966 — 363–375 bet.  English translation from Stillman (1979), p. 136.
  18. A. Guillaume, The life of Muhammad, Oxford University Press, p.438
  19. A. Guillaume, The life of Muhammad, Oxford University Press, p.450
  20. Watt (1956), p. 36, 37
  21. See:
  22. Uri Rubin, Quraysh, Encyclopaedia of the Qur’an