Islom ensiklopediyasi — islom muammolariga doir universal ensiklopediya. Islom dini, tarixiga oid barcha masalalar va istiloxlarni hamda musulmon mamlakatlariga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan. 20-asr boshlaridan nashr etila boshlagan. Ne-mis, golland, fransuz, ingliz sharqshunoslari uning asosiy tashabbuskorlari boʻlgan. 1908—38 yillarda nemis, ingliz va fransuz tillarida 4 jildli qilib Leydenda nashr etildi. 1933— 65 yillarda arab tiliga tarjima qilib chiqarildi. 1950 y.dan Istanbulda turk tilida qayta ishlangan va toʻldirilgan holda chiqarildi. 1954 y.dan Yevropa va Amerikaning yirik islomshunoslari I.e.ni qayta nashr qilish ustida ish olib bormoqdalar. Hozirda turk tilida „Islom fiqhi“, „Hadis ensiklopediyasi“ nashrdan chiqqan. I.e. islomni va Sharq tarixini oʻrganuvchi tadqiqotchilar uchun muhim manba hisoblanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil