Huyayy ibn Axtab (arabcha: حيي بن أخطب) – Islomdan oldingi Arabistonning Madina shahridagi yahudiy qabilasi Banu Nodir urugʻi boshligʻi.

Biografiyasi tahrir

Oilasi tahrir

Huyay ibn Axtabning asl nasabi Huyay ibn Axtab ibn Saʼya ibn Saʼlaba ibn Ubayd ibn Kaʼb ibn al-Xazraj ibn Abu Habib ibn an-Nodir boʻlgan[1]. U qoʻshni Banu Qurayza urugʻidan Barra binti Samavalga uylangan va undan kamida bir oʻgʻil va ikki qiz farzand koʻrgan. Barra bint Samaval taniqli arab yahudiy oilasidan boʻlib, otasi al-Samav’al ibn Adiya shoir edi.

Shaxsiyati tahrir

Huyay ibn Axtab jasur jangchi va bilimli kishi boʻlgan[2].

Hijratdan keyin tahrir

Qizining aytishicha, Huyay ibn Axtab Madinaga kelgan kunidanoq paygʻambar Muhammadga qarshi chiqqan. U yana shunday eslaydi:

Men otam va amakim Abu Yasirning sevimli farzandi edim. Rasululloh Madinaga kelganlarida, otam va amakim u zotni ko‘rgani bordilar. Bu juda erta tong va quyosh chiqishi o'rtasida bo'ldi. Ular quyosh botgunga qadar qaytib kelishmadi. Ular sekin, og'ir qadamlar bilan yurib, charchagan va tushkunlikka tushgan holda kelishdi. Men har doimgidek ularga tabassum qildim, lekin ularning hech biri menga e'tibor bermadi, chunki ular juda xomush edilar. Abu Yasir otamdan: „U shumi?“ deb so‘raganini eshitdim. U: „Ha, shunday“, deb javob berdi. Abu Yasir: „Uni taniysizmi? Tasdiqlay olasizmi?“ U javob berdi: „Ha, men uni juda yaxshi taniyman“. Abu Yasir: „Unga qanday munosabatdasiz?“ U: „Men tirik ekanman, adovat, adovat“, deb javob berdi.

Dastlab Huyay ibn Axtabning muxolifati oddiygina ommaviy munozaralar shaklida boʻldi. Bir kuni u Muhammad bilan Qur’ondagi baʼzi suralardan boshlanadigan tasavvufiy harflar haqida suhbatlashdi[2]. Taniqli sahoba Abdulloh ibn Salom musulmon boʻlgach, Huyay unga: „Arablarda paygʻambarlar yoʻq, lekin sizning xoʻjayiningiz oddiygina insonlar podshosidir“, degan edi[3]. Quraysh qabilasi boshligʻi va Muhammadning dushmani Abu Sufyon Huyayning uyiga oʻzini koʻrsatish uchun kelganida Huyay murosa qilishdan qoʻrqib, uni uyiga qabul qilmaydi[2].

Ammo Huyay Muhammadning eng ashaddiy dushmani boʻlgan. Ibn Hishom Huyayni Allohning dushmani deb atagan[2]. 625-yilning yozida Muhammad Nodir mahallasiga borib, ulardan qoʻshinga hissa qoʻshishini soʻraydi. Huyay unga yordam berishga berishga rozi boʻladi, lekin Muhammad ulardan birining uyi devori yonida kutib turganida, ularning Muhammadni oʻldirish rejasi borligi ayon boʻladi. Shundan keyin Muhammad hamrohlari bilan Madinaga qaytib ketadi. Shogirdlari undan nega bunchalik shoshib ketdingiz, deb soʻrashganda, Muhammad Jabroil uga Huyay ibn Axtab yahudiylarga uni oʻldirishga undayotganini xabar berganini aytadi.

Bu harakati tufayli Muhammad Nodir qabilasi bilan ittifoqni tugatadi. U oʻzining hamrohlaridan biri Muhammad ibn Muslimani yahudiylar huzuriga yuboradi va ular Madinani maʼlum vaqt ichida tark etishlari kerakligini aytadi. Yahudiylar soxta musulmonlar (munofiqlar) buyrugʻiga koʻra shaharni tark etishni istamasliklarini aytishganda Muhammad harbiy harakatga kirishishga qaror qiladi va yahudiylarni ularning qal’alarida qamal qiladi. Olti kechadan soʻng, yahudiylar qurollarini tashlashga rozi boʻladilar va harbiy qurollaridan tashqari hamma narsalarini olib ketish ruxsati bilan Madinani tark etishadi. Yahudiylarning bir qismi Madinadan Haybarga, bir qismi esa Suriyaga joʻnaydi[4].

Banu Nodirning Haybarga surgun qilinishi tahrir

Huyay ibn Axtab va uning oilasi Haybarga joylashadi, u erda yahudiy dehqonlar jamoasi ularni kutib olishadi va ularga rahbarlik qilishadi. Huyay Hayboriylarni Quraysh va Gʻatafan arab qabilalari bilan birga Muhammadga qarshi faol qoʻzgʻolon koʻtarishga undaydi[2], natijada 627-yilda Xandaq jangi boʻlib oʻtadi.

Xandaq jangi tahrir

Huyay Madinadagi Banu Qurayza qabilasining boshligʻi Kaʼb ibn As’adning huzuriga kelib, uni Muhammadga qarshi urushishga undaydi, ammo uning bu harakatlari foyda bermaydi[2]. Jang davomida Muhammad Banu Qurayzani qamal qilib, 627-yilning may oyida ularni taslim qilishga erishadi.

Huyay ibn Axtabning Barra binti Samavaldan Safiya binti Huyay ismli qizi boʻlib, u keyinchalik paygʻambar Muhammadga turmushga chiqqan[2].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Poonawala, I. K. (1990). Translation of The History of al-Tabari: The Last Years of the Prophet, Volume 9, pp. 134-135.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Gottheil, Richard and M. Seligsohn. „Huyayy ibn Akhtab.“ Jewish Encyclopedia. Funk and Wagnalls, 1901-1906; which cites the following bibliography:
  3. Guillaume, A. The Life of Muhammad: Translation of Ibn Ishaq’s Sirat Rasul Allah.
  4. When The Moon Split / A Biography of the Prophet Muhhammad