Ibn Hurdodbeh
Ibn Hurdodbeh Abulqosim Ubaydulloh Ibn Abdulloh (820-913) – geograf va tarixchi. Eronda tugʻilgan, Bagʻdodda maʼlumot olgan.
Jibal viloyati (Eronning shimoli-gʻarbida) aloqa mahkamasi boshligʻi vazifasida ishlagan. Musiqa, tarix, meteorologiya, pazandachilikdan ham xabardor boʻlgan. Ibn Hurdodbehning arabcha bizgacha yetib kelgan ilk geografik bayoniy uslubdagi „Kitob masolik ul-mamolik“ (Mamlakatlarga boradigan yoʻllar haqida kitob) asarida, jumladan, Kaspiy dengizi boʻyidan to Gʻarbiy va Sharqiy Turkistongacha boʻlgan hududdagi mamlakatlar va ularning aholisi, shaharlar orasidagi masofa, yoʻllar, aholidan olinadigan soliqlar haqida muhim maʼlumotlar bor[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |