Kitob masolik ul-mamolik (Mamlakatlarga boradigan yoʻllar haqida kitob) – geografik asar. Muallifi IX asrning ikkinchi yarmi X asr birinchi choragida yashagan sayoh va goegraf Istaxriydir. Istaxriy sayyoh sifatida Suriya, Misr, Eron, Movarounnahr, Magʻrib kabi hududlarda boʻladi va 930–933-yillarda „Kitob masolik ul-mamolik“ asarini yozib tugallaydi. Ushbu asar 20 ta bobdan iborat. Asarda mamlakatlar tabiati, maʼmuriy boʻlinishi, chegaralari va yoʻllari, mashhur shaharlar, kishilar va aholi mashgʻulotlari toʻgʻrisida maʼlumot keltiriladi[1]. „Kitob masolik ul-mamolik“ asari 20 ta iqlimga taqsimlangan[2]. Asarda har bir iqlimning maxsus xaritalari mavjud. Asarda Movarounnahr toʻgʻrisida ham maʼlumotlar keltirilgan boʻlib, u yerdagi shaharlar tasnifi keltirilgan. XVI asrda Abdurahmon Naxichevoniy tomonidan asar fors tiliga tarjima qilingan. Asar bir necha marotaba 1870, 1927, 1967-yillarda arab tilida Leydenda nashr qilingan[2]. Asarning 16 ta arab tilidagi qoʻyozma nusxasi topilgan va eng qadimgi nusxasi 1184-yilda Myuller tomonidan faksimile shaklida nashr etiladi[3]. 1870-yilda esa De Gue tomonidan asarning tanqidiy matni nashr etilgan. Iroj Afshor asarning 18 ta forsiy tarjima nusxalarini aniqlaydi va tanqidiy matnini nashr ettiradi[4].

Kitob masolik ul-mamolik
Muallif(lar) Istaxriy
Tarjimon(lar) Abdurahmon Naxichevoniy,Ravshan Xudoyberganov
Til arabcha
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2019

„Kitob masolik ul-mamolik“ asarida Markaziy Osiyo mintaqasi tarixiy geografiyasi bilan bogʻliq maʼlumotlar mavjud. Asarning „Xuroson“ va „Movarounnahr“ qismi 8 ta arabiy va 11 ta forsiy nusxalari bilan solishtirilib, va OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmliy xodimi Ravshan Xudoyberganov tomonidan tarjima qilinib chop qilingan[5].

Manbalar tahrir

  1. Тўраев 2023, s. 36.
  2. 2,0 2,1 Тўраев 2023, s. 37.
  3. Истахрий 2019, s. 25.
  4. Истахрий 2019, s. 26.
  5. Истахрий 2019, s. 5.

Adabiyotlar tahrir

  • Тўраев Ҳ. Бухоро тарихи ёзма манбалари. Бухоро: Durdona, 2023 — 204 bet. 
  • Истахрий. Китаб ал-масалик вал-мамалик. Тошкент: Фан, 2019 — 480 bet.