Qibla (arab. — Qarshi tomonda turgan narsa) — musulmonlar namoz oʻqiyotgan paytda yuzini qaratib turadigan tomon. Dastlab Muhammad va uning tarafdorlari Quddus tomonga qarab namoz oʻqishgan. Hijriy 2-yili (624-yil) Makkadagi Kaʼba barcha musulmonlar uchun Qibla qilib belgilangan. Har bir musulmon qayerda boʻlmasin, albatta Qibla tomonga qarab namoz oʻqiydi. Masjidlarda mehrob Qibla tomonga oʻrnatiladi, shu tomonga qarab azon aytiladi. Islomdagi koʻp marosimlar ham, odatda, Qiblaga qarab bajariladi. Marhum koʻmilganda ham yuzi Qiblaga qaratib qoʻyiladi. Islom shariati Qibla tomonni ulugʻlaydi, Qibla tomonga oyoqlarni uzatib oʻtirish va yotish odobsizlik hisoblanadi. Oʻzbekistonga nisbatan Qibla janubigʻarb tomonda boʻlib, kompas mili Gʻarb nuqtasidan chap tomonga 14 gradus qaytishi kerak.[1]

Birinchi qibla; en:Patricica Crone va Michael Cook matn va arxeologik tadqiqotlar asosida "Masjid al-Haram" Makkada emas, balki Arabiston yarim orolining shimoli-g'arbiy qismida topilgan deb taxmin qilishdi.[2] Islom tarixi va arxeologiyasi tadqiqotchisi Dan Gibson birinchi islomiy masjidlar va qabristonlarning yo'nalishlari Petra / Iordaniya ni ko'rsatishini ko'rsatdi. U bu erda Muhammad va birinchi musulmonlar yashagan joy va musulmonlar uchun qiblaning birinchi yo'nalishi Petraga qaratilganligini aniqladi.[3][4]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME
  2. https://dergipark.org.tr/tr/download/article-file/592002
  3. Dan Gibson: Qur'ānic geography: a survey and evaluation of the geographical references in the qurãn with suggested solutions for various problems and issues. Independent Scholars Press, Surrey (BC) 2011, ISBN 978-0-9733642-8-6
  4. https://www.mdpi.com/2077-1444/11/3/102/htm