Ibrohim
Ibrohim — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri, oʻzidan keyin oʻtgan barcha paygʻambarlarning bobokaloni, arablar va yahudiylarning umumiy ajdodi. Allohning chin doʻsti (halilulloh), imom, siddiq va hanif deb taʼriflanadi. Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida Avraam nomi bilan maʼlum. Bobilda tavallud topgan. Yolgʻiz Allohga ibodat qilgan. Otasi Ozor va qavmlarni ham ana shunga daʼvat qilgan. Ular bilan bahslashgan, ammo ishontira olmagach, otasi va qavmlari sigʻinib yurgan hamma butlarni sindirib tashlagan. Shu sababli uni yondirib yubormoqchi boʻladilar. Ammo u Alloh irodasi bilan olovdan sogʻ-salomat chiqqanligi Qurʼonda bayon qilingan.
Qurʼonda yozilishicha, Alloh Ibrohimga qariganda ikki farzand bergan. Bular Ismoil va Isʼhoq lardir. Ismoil Muhammadning katta bobosi, Isʼhoq esa Iso va undan avval oʻtgan paygʻambarlarning katta bobosidir. Makkai mukarramada Baytulloh (Allohning uyi) ning bunyod boʻlishi, islom arkonlarining besh farzi — haj qilish Ibrohimga borib taqaladi. Kaʼbadagi „Ibrohim joyi“ („Ibrohim maqomi“) musulmonlar ziyoratgohidir. Diniy adabiyot yagona xudoga eʼtiqod qilish, qurbonlik uchun odam oʻrniga jonivor soʻyish, xatna qilishni Ibrohim. nomi bilan bogʻlaydi.
Manbalarda Ibrohimning 175 yil umr koʻrganligi, oʻgʻillari uni Madinatul Xalil (Xevron, Falastin) ga dafn etganligi yozilgan. Bu qabr ziyoratgoh hisoblanadi[1].
ManbalarTahrirlash
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |