Lut
Lut (arabcha: لوط) – Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Harron shahri (Mesopotamiya)da tavallud topib, Ibrohim bilan birga Falastinga borgan. Sadum, Amura va uning atroflaridagi yerlarda chorvachilik bilan shugʻullangan. Paygʻambarlik darajasiga yetishgach, odamlarga pand-nasihat qiladi, Allohning birligiga imon keltirishga chaqiradi. Biroq axloqi buzuq Sadum aholisi bachchavozlik odatini tark etmay, uning oʻzini bu yurtdan haydab chiqarmoqchi boʻladi. Farishtalar unga oilasi va imonli kishilar bilan birga (xotinidan tashqari, chunki xotini Allohning gʻazabiga uchragan) shahardan chiqib ketishni buyurganligi rivoyat qilinadi. Qurʼonning Hijr surasida Lut maʼlum masofaga yetib olgach, shahar ostin-ustun qilib yuborilgani, qavm ustiga sopol tosh yogʻdirilgani bayon etilgan. Hozir bu dinsiz qavm yashagan shahar oʻrnida dengiz mavjud boʻlib, u „Oʻlik dengiz“ deb nomlanadi. Lut paygʻambar nomi Bibliyada „Lot“ shaklida kelgan boʻlib, undagi qissa Qurʼondagi xabardan baʼzi jihatlari bilan farq qiladi[1].
Lut (arabcha: لوط) | |
---|---|
Fayl:Quran1.gif | |
Boshqa dinlarda : | nas – yahud. —
|
Jinsi : | erkak |
Turkum: | Paygʻambar |
Manzili: | Suriya, Falastin |
Zikr qilingan oyatlar: | 27 marotaba(Qur'onda), |
Vafoti sanasi va joyi: | Eramizdan avvalgi 19-asrda Hijozda |
Zamonasidagi shahslar: | Ibrohim va Lutning ayoli |
Manbalar
tahrir- ↑ „Lut“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (L-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
tahrirIslom shaxsiyati haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |