Ahmad ibn Abdulloh Habash Hasib Marvaziy (766-869) shimoli-sharqiy Eronlik astronom, geograf va matematik bo'lgan. U Xurosonning Merv shahridan trigonometrik kattaliklar: sinus, kosinus, tangens va kotangentsni tushuntirgan birinchi olim hisoblanadi.

U Bagʻdodda yashaydi va yuz yoshdan oshib 869-yilda vafot etadi. U Abbosiy xaliflardan boʻlgan al-Maʼmun va al-Mu'tasimlarning boshchiligida ish olib borgan.

Ishlari tahrir

U 825-yildan 835-yilgacha kuzatuvlar olib boradi va uchta astronomik jadvalni tuzadi. Birinchisi hamon Hind uslubida, ikkinchisi, "tekshirilgan" deb atalgan jadval, eng muhim hisoblanib, ular "Maʼmuniy" yoki "Arab" jadvallariga oʻxshab ketadi va al-Maʼmun astronomlarining umumiy asari boʻlishi ham mumkin. Uchinchisi esa kichikroq boʻlib Shoh jadvallari deb ataladi.

829-yildagi quyosh tutilishi holida Habash birinchi bor balandlik orqali(bu holda quyoshning balandligi) vaqtni aniqlash usulini koʻrsatib beradi. Bu usul keyinchalik Musulmonlar astronomlar tomonidan keng qabul qilinadi.

830-yilda u "soya" tushunchasini, zamonaviy koʻrinishida hozirgi trigonometriyadagi tangensga mos keluvchi tushunchani kiritadi. Bundan tashqari u shunday "soyalar"ning ilk jadvalini tuzib chiqadi. Bundan tashqari u kotangens tushunchasini ham kiritadi va uning jadvalini tuzadi.[1][2]

Jismlar va masoflar kitobi tahrir

Al-Hasib Bagʻdoddagi Al-Shammisiyya rasadxonasida koʻplab izlanishlar olib boradi va bir nechta geografik raqamlar va astronomik qiymatlarni hisoblashga erishadi. U natijalarni oʻzining Jismlar va masofalar kitobida yigʻadi. Ulardan baʼzilari quyida keltirilgan.[3]

Yer
Oy
  • Oy diametri: 3036.5 km
  • Oy aylanasi uzunligi: 9538.622 km
  • Oyning eng uzoq nuqtasi diametri: 662,406.338 km
  • Oyning eng uzoq nuqtasi aylana uzunligi: 2,081,848.873 km
Quyosh
  • Quyosh diametri: 56,777.6966 km
  • Quyosh aylanasi uzunligi: 178,444.189 km
  • Quyosh orbitasi diametri: 12,491,093.2 km
  • Quyosh orbitasi aylana uzunligi: 39,256,038 km
  • Quyosh orbitasi orqali bir daraja:108,952.67 km
  • Quyosh orbitasi orqali bir daqiqa:1817.405 km 

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir

  1. Jacques Sesiano, "Islamic mathematics", p. 157, in Selin, Helaine; D'Ambrosio, Ubiratàn, muh. (2000), Mathematics Across Cultures: The History of Non-western Mathematics, Springer, ISBN 1-4020-0260-2
  2. "trigonometry". Encyclopædia Britannica. http://www.britannica.com/EBchecked/topic/605281/trigonometry. Qaraldi: 2008-07-21. 
  3. Langermann, Y. Tzvi (1985), „The Book of Bodies and Distances of Habash al-Hasib“, Centaurus, 28 (2): 108–128 [111], Bibcode:1985Cent...28..108T, doi:10.1111/j.1600-0498.1985.tb00831.x