al-Masjid al-Haram (arabcha: المسجد الحرام „Muqaddas Masjid“) — dunyodagi eng katta masjid, Makkadagi Kaʼba ibodatxonasi va u bilan bogʻliq boʻlgan majmua. Ushbu masjid Makka shahrida boʻlib musulmonlar namoz qilganda yuzlanadigan hamda musulmonlar tarafidan dunyogagi eng muqaddas joy deb bilingan Kaʼbani oʻrab olgan. Ushbu masjid „Haram“ yoki „Haram Sharif“ deb ham tilga olinadi.

Masjid
al-Masjid al-Haram
arabcha: المسجد الحرام
al-Masjid al-Haramdagi kaʼba binosi
Mamlakat  Saudiya Arabistoni
Hudud Makka
Shahar Makka
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokor Ibrohim paygʻambar va uning oʻgʻli Ismoil
Oʻlchami 900 000 kishi
Minoralar soni 9
Minoralar balandligi 89 m
Holati amaldagi
Sayt Rasmiy sayt

Koordinatalari: 21°25′21″N 39°49′35″E / 21.42250°N 39.82639°E / 21.42250; 39.82639 G O

Qurʼonda shu nom bilan tilga olingan. Bu majmua qadimdan mavjud boʻlgan, arablarda islomgacha ham sigʻiniladigan muqaddas joylardan biri hisoblangan. Yunon tarixchisi Ptolemey asarlarida II asrda Makka va undagi ibodatxonaning mavjudligi tilga olingan. 630-yili musulmonlar Makkani egallagach, Al-masjid al-Haram islom dinining markazi, eng muqaddas ibodatxona deb tanilgan. Al-masjid al-Haram majmuasining markazida Kaʼba va hovlisida Zamzam bulogʻi, ikki tepalik (Safo va Marva) bor. Tepaliklar tim bilan tutashtirilgan. Masjid 1570-yilda majmua boʻlib shakllangan. Toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (160*110 m), hovli atrofi 3—4 qatorli ravoqli ustunlar qatori bilan oʻralgan. Ustun (jami 550 ta)lar marmar va granitdan ishlangan. Boshasi muqarnaslar bilan bezatilgan. Shim. va jan.-gʻarbiy qismidagi koʻchaga qaragan peshayvon asosiy binodan bir oz tashqariga chiqarib qurilgan. Bino burcheklariga 7 salo-batli minora ishlangan [ulardan eng qadimiysi (757 yilda qurilgan) shim. qismida joylashgan, shimoli-sharqiy qismidagisi 15-asrda, qolganlari 16-asr boshlarida qurilgan]. Al-masjid al-Haram musulmonlar haj qiladigan mukaddas joy hisoblanadi. U gʻayrimuslimlar uchun yopiqdir. Oxirgi taʼmirlash ishlaridan soʻng Al-m. alH. maydoni kengayib, 328 ming kv.m.ni tashkil etadi. Bu bir vaqtning oʻzida 730 ming, haj va umra paytlarida esa 1 mln. namozxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Haj marosimining boshlanishi va tugʻallanishida albatta Al-masjid al-Haramga kelib Kaʼba tavof qilinadi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Sh. qarang tahrir