Bosh menuni ochish

IsmoilQurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Ibrohim (as)ning oʻgʻli. Qurʼonda u oʻz axlini namoz oʻqish, zakot berishga buyurganligi yozilgan. I. Allohning amri boʻyicha oʻz otasi bilan Kaʼba ibodatxonasini bunyod etgan.

Rivoyatlarda I. Ibrohim(as)ning Hojar ismli choʻrisidan tugʻilganligi hikoya qilingan: Ibrohim (as) Parvardigorning amri va Sora (Ibrohimning xotini)ning xohishiga koʻra Hojarni olib Arabiston (Makka) tomon ketadi. I. oʻsha yerda tugʻiladi, onasi uni yuvish uchun suv qidirib Safo va Marva tepaliklari oraligʻida yetti marta yugurgan (hojilarning bu tepaliklar oraligʻida yugurish odatining kelib chiqishi shu voqea bilan bogʻlanadi). Shu payt I. tepinganda uning oyogʻi ostidan Zamzam bulogʻi paydo boʻlgan, undan muqaddas suv otilib chiqqan. Islomda Ibrohim (as) I.ni Allohga qurbon qilmoqchi boʻlganligi, lekin shu dam uning oʻrniga qoʻchqor yuborilganligi rivoyat qilinadi. I. voyaga yetgach, shu atrofda yashovchi jurhum qabilasidan bir qizga uylanadi, keyin u bilan ajrashib shu qabilaning boshqa qiziga uylanadi. Xotinlaridan arab tilini oʻrganadi. Arab nasabshunoslariga koʻra, shimoliy arab qabilalarining hammasi I.dan tarqalgan. Rivoyat qili-nishicha, I. alayhissalom 137 yil umr koʻrgan. Arab tarixchilarining fikricha, Makkada vafot etgan va Hojar yoniga dafn qilingan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil