Islom
Shahadah-1.svg
Islom tarixi

Din asoslari
Allohning birligiTavhid
FarishtalarKitoblar
PaygʻambarlarQiyomat
Qazo va Taqdir
Asosiy ibodatlar
Kalimai shahodat
NamozRoʻza
HajZakot
Muhim Shaxslar
Muhammad

Abu BakrUmarUsmonAliSahobalarAhli baytAshari mubashshara

Muqaddas matnlar
QurʼonHadisShariat
Islom huquqi Muhammadning hayoti
MakonlarIslom falsafasi
Islomdagi mazhablar
Siyosiy mazhablar
Eʼtiqodiy mazhablar
Fiqh mazhablariSoʻfizm
Jamoat
Islom taqvimi
JihodBayramlar
Muborak kechalar
Islom portali

Islomiy taqvim — milodiy 638-yili xalifa Umar (milodiy 592644 yillar), roziyallohu anhu, tomonidan joriy qilingan. Ushbu taqvim qamariy boʻlib, oy harakatiga asoslangan edi. Umar, roziyallohu anhu, ushbu taqvimni oʻz davrida amalda boʻlgan turli taqvimlar oʻrtasida yuzaga kelayotgan ziddiyatlarni bartaraf etish uchun joriy qilgan. Umar, bir necha sahobalar bilan maslahatlashib, yil boshi sifatida hijrat yilini tanlashga qaror qilishgan. Taqvimning boshlanish nuqtasi sifatida Hijrat qilingan yilning 1 Muharram kuni tanlangan. Hijriy sana, odatda Gʻarb adabiyotida A. H. deb qisqartirib yoziladi(Bu lotincha „Anno Hegirae“ soʻzining qisqartmasidir. Birinchi Hijriy sananing birinchi Muharram kuni (Muharram 1, 1 A. H.) Grigorian taqvimida 622-yil 16-iyulga toʻgʻri keladi). Paygʻambar Muhammadning, Makkadan Madinaga hijratlari esa Grigorian taqvimining 622-yil sentabr oyiga toʻgʻri keladi.

Taqvimning tarkibiTahrirlash

Islomiy taqvim (Hijriy taqvim) 12 oydan iborat:

  1. Muharram — محرّم
  2. Safar — صفر
  3. Rabiulavval — ربيع الأوّل
  4. Rabiussoni — ربيع الثاني‎ yoki rabiuloxir ربيع الآخر
  5. Jumodilavval — جمادى الأوّل
  6. Jumodissoni — جمادى الثاني yoki jumodiloxir جمادى الآخر
  7. Rajab — رجب
  8. Shaʼbon — شعبان
  9. Ramazon — رمضان
  10. Shavvol — شوّال
  11. Zulqaʼda — ذو القعدة
  12. Zulhijja — ذو الحجّة

Hijriy yildagi muhim sanalarTahrirlash

  1. 1 Muharram — yil boshi;
  2. 27 Rajab — Isro va Meroj hodisasi;
  3. 1 Ramazon — tutilishi farz boʻlgan roʻzaning birinchi kuni;
  4. 17 Ramazon — Qur’onning nozil boʻlishi boshlagan kun;
  5. Ramazonning oxirgi 10 kechasi — Laylat ul-qadr kutiladigan

kechalar;

  1. 1 Shavvol — Iyd al-Fitr, Ramazon Hayiti;
  2. 8-10 Zul-hijja — Haj kunlari;
  3. 10 Zul-hijja — Iyd al-Adha, Qurbon Hayiti.