Ibn Arabiy(arabcha:ابن عربي — Ibn Arabiy — Toʻliq ismi: Muhyiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Hotamiy Toiy) — shoir va mutafakkir.

Ibn Arabiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1165-yil
Vafoti 1240-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi shoir

Faoliyati tahrir

Ibn Arabiy „Vahdatu-l-vujud“ taʼlimoti asos­chisi, soʻfiylikning koʻzga koʻringan namoyandasi boʻlib, „Ulugʻ shayx“ (shayxu-l-akbar), „Aflotun (Platon)ning oʻgʻli“ nomlari bilan ulugʻlangan. Andalusiya (Ispaniya)ning Mursiya shahrida tugʻulgan va shu yerda bilim olgan. Falsafada ilk bor yuksak nazariy asosda, muntazam, qatʼiy izchil tarzda vahdatu-l-vujud taʼlimotini ishlab chiqqan boʻlib, hamma narsaning yagona asosi ilohiy borliq (ruh, gʻoya)dir, deb hisoblaydi. Soʻfiy sifatida Allohni oliy, mutlaq haqiqat holda anglash va unga koʻngilni poklash orqali erishishni tan olgan. Arab mutafakkiri va shoiri, sufiylikning koʻzga koʻringan namoyandasi. Falsafiy dunyo qarashiga vaxdat ul-vujud taʼlimoti xos boʻlib, hamma narsaning yagona asosi ilohiy substansiya (ruh, ideya) dir, deb hisoblaydi. Sufiy sifatida Allohni oliy, mutlaq haqiqat holda anglash va unga koʻngilni poklash orqali erishishni tan olgan. Dunyoqarashi soʻfiylar taʼsirida shakllanib, Andalusiya va shimoliy Afrika boʻylab safarga chiqqan, mashhur olim va mutafakkirlar bilan muloqotda boʻlgan. Ibn Arabiy shuningdek, Sharqdagi yirik musulmon soʻfiy va ilohiyotchilari Xarroz, Hakim Termiziy, Xalloj, Gʻazzoliy va boshqalarning asarlarini ham oʻrgangan. 1200-yilda haj ziyoratiga borib, umrining oxirigacha Sharqda qolgan. 1201-yilda Makkada yashagan, bu yerda mashhur sheʼriy toʻplami — „Tarjimatu-l-ashvoq“ („Ishqiy shavq tarj.i“)ni hamda soʻfiylikka oid risolalarini yozgan. Uning „al-Futuhot al-Makkiyya“ („Makka gʻalabalari“), „Fusus alhikam“ („Hikmatlar durdonasi“), „Kitob as-sabʼa“ („Yetti hikmat kitobi“), „Mafotih al-gʻayb“ („Gʻayb kalitlari“), „Kitob alhaq“ („Haqiqat kitobi“) kabi 400 ga yaqin asari bor.[1] Ibn Arabiy zamonasining barcha ilmiy sohalardan xabardor boʻlib, Ibn Rushd, Suhravardiy, Roziy va boshqalar bilan uchrashgan hamda yozishib turgan. Mashhur shaxslarga sajda qilishni inkor qilgan, turli dinlarning ahamiyati barobar deb hisoblagan. Ibn Arabiy oʻrta asrlar musulmon olamida eng ziddiyatli shaxslardan biri boʻlib, qarashlarini Ibn Taymiya, Taftazoniy singari ilohiyotchilar, shuningdek, arab tarixchisi va sotsiologi Ibn Xaldun keskin tanqid qilgan. Boshqa koʻpgina musulmon ulamolari esa, uni himoya etishgan. Ibn Arabiyning qarashlari haqidagi keskin bahs-munozaralar, kofirlikda ayblashlar hatto bugungi kunda ham toʻxtamay, hamon davom etmoqda.[2]

ASARLARI tahrir

  • „Tarjimatu-l-ashvoq“,
  • „Al-futuhotu-l-Makkiyya“,
  • „Fususu-l-hikam“,
  • „Kito­bu-s-sabʼa“,
  • „Mafotihu-l-gʻoyb“,
  • „Kitobu-l-haq“.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. OʻzME. T.4. — B. 49; IE. — B. 98.