Ibn Rushd
Ibn Rushd Abdulvalid Muhammad (arabcha: ابن رشد)(lotincha: Averroes) (1126-yil, Kordova — 10-dekabr 1198-yil, Marokash) — arab faylasufi va tabibi, Andalusiya va Marokashda yashagan, qozi va saroy haqimi boʻlgan. Aristotel asarlariga sharxlar yozgan. Gʻazoliy taʼlimotiga qarshi "Tahofut ut-tahofut" ("Raddiyatni rad etish") asari bilan falsafada muayyan oʻrin tutadi. Ibn Rushd ikki haqiqat nazariyasini ilgari surib, bilimni eʼtiqodga, falsafani ilohiyotga qarama-qarshi qoʻydi hamda fanning, inson aqlining roliga yuqori baho berdi. Ibn Rushd kishi oliy kamolotga zikru sano orqali emas, balki ilmiy-falsafiy bilim orqali erishadi, deb hisoblagan. Oʻz davrining ilgʻor kishisi boʻlgan Ibn Rushd adolatli jamiyat qurishni, xotin-qizlarga teng huquq berilishini, hurlik gʻoyalarini targʻib qildi. [manba keltirish kerak]
Ibn Rushd gʻoyalari oʻrta asr falsafasiga katta taʼsir koʻrsatdi (qarang Averroizm). Ibn Rushd 7 jildli qomusiy tibbiy asar "Kitob al-kulliyot" (tibbiyot boʻyicha umumiy qoʻllanma) muallifidir.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |