Banu Xazraj
Banu Xazraj (arabcha: بنو خزرج) — Islom paygʻambari Muhammad davrida Madinada yashagan yirik arab qabilasi.
Banu Xazraj | |
---|---|
Etnik tarkibi | Arablar |
Nisba | Xazrajiy |
Joylashuv | Madina, Hijoz |
Kelib chiqishi | Azd |
Tili | Arab tili |
Dini | Islom: Sunniylik, Shialik |
Banu Xazraj arablarning Qahtoniy avlodiga mansub qabila boʻlib, Marib toʻgʻoni vayron boʻlishi natijasida Janubiy Arabistondan siqib chiqarilgan. Ular oʻzlariga qarindosh qabila Banu Avs bilan birga Yasribga (hozirgi Madina) hijrat qilganlar[1][2].
Erta tarixi
tahrirAbu Muhammad al-Hasan ibn Ahmad al-Hamdaniy tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, Banu Xazraj va Banu Avs qabilalari Yasrib hududiga miloddan avvalgi II asrda islomgacha boʻlgan davrda Buyuk Marib toʻgʻoni shikastlanishi natijasida Yamandan koʻchib kelishgan.
Biroq boshqa koʻplab manbalar Banu Xazraj va Banu Avs bir-biriga dushman qabilalar boʻlishgan degan fikrga qoʻshiladilar.
Yahudiy yilnomalarida Banu Xazraj va Avs qabilalarining Islom paygʻambari Muhammadning Madinaga hijrat qilishidan bir necha yil oldin Buas jangida bir-birlariga qarshi jangga kirganliklari aytiladi[3].
Madinada uchta yahudiy qabilalari boʻlib, ular Banu Qaynuqo, Banu Nodir va Banu Qurayzalar edi.
Jangda Banu Nodir va Banu Qurayza qabilalari Banu Avs tarafida turib jang qilgan, Banu Qaynuqo esa Banu Xazraj bilan ittifoq tuzgan. Banu Xazraj va Qaynuqolar uzoq va umidsiz kurashdan soʻng magʻlubiyatga uchragan[3].
Hijrat
tahrirBanu Avslar Madina konstitutsiyasining 30-31-bandlarida musulmonlarga ittifoqchi sifatida „moʻminlar bilan bir millat (jamoat)“ sifatida qayd etilgan[4][5].
Qabila boshliqlaridan biri Abdulloh ibn Ubay ibn Salul[6] Muhammadga qarshi fitna uyushtirgani aytiladi[7]. Biroq Saʼd ibn Uboda va yana bir qancha Banu Xazraj boshliqlari boshqa koʻplab urugʻlar bilan birgalikda paygʻambarni yaxshi kutib olgani va Banu Avs vakillari bilan birga ansorlar nomini olgani aytiladi.
Harbiy yurishlari
tahrir624-yilda Muhammad Kaʼb ibn al-Ashrafni oʻldirishni buyuradi. Ibn Is’hoqning yozishicha, Kaʼb ibn al-Ashraf yahudiy shoir boʻlib, musulmonlarning Badr jangidagi gʻalabasidan keyin Muhammadni qoralab bir qancha sheʼrlar yozgan. Kaʼb ibn al-Ashraf bu gʻalabadan gʻazablanib, musulmonlarga qarshi urush va nafrat uygʻotish uchun Makkaga yoʻl olgan.
Oradan koʻp oʻtmay Kaʼb ibn al-Ashraf Madinaga qaytib kelgan va musulmon ayollar haqida haqoratli sheʼrlar yaratgan. Shu sababli Madinaga qaytganidan keyin Muhammad Banu Avs qabilasiga uni oʻldirishni buyurgan[8][9].
Banu Avs qabilasi vakillari Kaʼb ibn al-Ashrafni oʻldirganidan keyin Banu Xazraj qabilasidan Abdulloh ibn Unays Muhammadning huzuriga borib, Abdulloh ibn Atiyq gʻazotida Sallam ibn Abu al-Huqayqning joniga qasd qilgan shaxsni oʻldirishga ruxsat olgan[10][11][12].
Sallom ibn Abu al-Huqayq (Abu Rofiy) yahudiy boʻlib, musulmonlarga qarshi bir qancha ittifoqchi qoʻshinlariga yordam bergan hamda ularni moliyaviy tarafdan qoʻllab-quvvatlagan. Shuningdek, Muhammadga qarshi masxaraomuz sheʼrlar yozgan[13]. Musulmonlar Banu Qurayza qabilasi bilan masalani hal qilib olganidan keyin Banu Avs qabilasi raqibi hisoblanmish Banu Xazrajlar Kaʼb ibn al-Ashrafning oʻlimi uchun Muhammaddan uning qotilini oʻldirishga izn soʻragan va Muhammad ham bunga rozilik bergan[11].
Qabilaning mashhur vakillari
tahrir- Abdulloh ibn Ubay ibn Salul — Banu Xazraj qabilasi boshligʻi[6]
- Saʼd ibn Uboda — qabila boshligʻi[14]
- Abu Ayyub al-Ansoriy[15]
- Hasson ibn Sobit
- Ubay ibn Ka’b
- Abdulloh ibn Ravoha[16]
- Asʼad ibn Zurora[16]
- Habbob ibn Munzir[14]
- Anas ibn Molik
- Muaz ibn Jabal
- Al-Baro ibn Molik[17]
- Saʼd ibn al-Robiy ibn Amr[16]
- Rofiy ibn Molik ibn al-Ajlon[16]
- Al-Baro ibn Maʼrur ibn Saxr[16]
- Abdulloh ibn Amr ibn Haram[16]
- Uboda ibn as-Somit ibn Qays[16]
- Al-Munzir ibn Amr ibn Hunay[16]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Peters, Francis E.. Muhammad and the Origins of Islam (en). SUNY Press, 1994. ISBN 9780791418758.
- ↑ Watt 1986, s. 771
- ↑ 3,0 3,1 jewishencyclopedia.com
- ↑ „Medina Charter - Wikisource“. en.wikisource.org. 2006-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „The Message“. 2012-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 6,0 6,1 jewishencyclopedia.com
- ↑ „'ABD ALLAH IBN RAWAAHAH“. 2006-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 30-iyun.
- ↑ Uri Rubin, The Assassination of Kaʿb b. al-Ashraf, Oriens, Vol. 32. (1990), pp. 65-71.
- ↑ Mubarakpuri, The Sealed Nectar, pp. 151-153. (online)
- ↑ „List of Battles of Muhammad“. 2011-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-mart.
- ↑ 11,0 11,1 Mubarakpuri, The Sealed Nectar (Free version), p. 204.
- ↑ The History of al-Tabari Vol. 7: The Foundation of the Community: Muhammad At Al-Madina A.D. 622-626/Hijrah-4 A.H.. SUNY Press, January 1, 1987. ISBN 9780887063442.
- ↑ Ibn Hajr Asqalani, Fath Al-Bari, p. 7/343.
- ↑ 14,0 14,1 Imamate: The Vicegerency of the Prophet Al-islam.org
- ↑ https://www.islamicfinder.org/knowledge/biography/story-of-abu-ayyub-alansari/
- ↑ 16,0 16,1 16,2 16,3 16,4 16,5 16,6 16,7 The Sealed Nectar The Second ‘Aqabah Pledge (Wayback Machine saytida 2006-11-28 sanasida arxivlangan) on sunnipath.com
- ↑ islamonline.net „Al-Bara' ibn Malik Al-Ansari: Allah & Paradise“. 2010-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 1-dekabr.
Adabiyotlar
tahrir- Watt, William Montgomery (1986). "AL-AWS". Encyclopaedia of Islam. I (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 771–72 b. ISBN 90-04-08114-3.