Asʼad ibn Zurora
As’ad ibn Zurora (arabcha: أسعد بن زرارة) (623-yilda vafot etgan) – Abu Umama kunyasi bilan tanilgan, toʻliq ismi Abu Umoma As’ad ibn Zurora ibn Udas, Islom dinining soʻnggi paygʻambari Muhammadning sahobasi, Madinada musulmon boʻlgan ilk qabila boshligʻi. Ansoriylar va Hazraj qabilalarining yetakchilaridan biri.
Oilasi
tahrirAs’ad ibn Zurora Madinadagi yirik Hazraj arab qabilasiga kiruvchi Banu Najjor qabilasining Molik boʻlimidan boʻlgan Zurora ibn Udas va Suvad (al-Furaya) binti Rofiyning oʻgʻli boʻlgan. Uning Saad ismli akasi[1]:473, al-Fariya va Ruvayba ismli ikki opa-singlisi boʻlgan[2]:285. Avs qabilasining boshliqlaridan biri hisoblangan Saʼd ibn Muʼoz ularning ona tomondan birinchi amakivachchasi boʻlgan[1]:473[2]:248.
As’ad ibn Zurora Molik ibn Najjor urugʻidan boʻlgan Amira (Umayra) binti Sahlga uylangan, ularning al-Furaya, Habiba va Kabsha ismli uch nafar qizlari boʻlgan[1]:473[2]:285. 620-yilga kelib, As’ad ibn Zurora Najjor urugʻining boshligʻi etib tayinlangan[3]:235.
Islomni qabul qilishi
tahrirOʻsha paytlarda Madina bir necha qabilalar tomonidan boʻlib olingan edi. Hazraj va Avs qabilalari oʻzaro urush olib boradilar[4] :253 va yahudiylar hududlariga ham bostirib kirishga urinadilar[3]:196. Yahudiylar tez orada soʻnggi paygʻambar kelishini bilishar va uni intiqlik bilan kutishar edi[3]. Shuningdek, As’ad ibn Zurora ham paygʻambarning kelishiga maʼnan tayyor edi.
620-yilda As’ad ibn Zurora va Dakvon ibn Abd Qays oʻrtasida nizo paydo boʻladi. Oʻsha yoz ziyorat mavsumida ikkalasi ham Utba ibn Robiyaning roziligi bilan Makkaga yoʻl olishadi[4]:252[1]:473. Utba ibn Robiya ularga paygʻambar Muhammad haqida gapirib beradi[4]:252. Muhammad oʻsha paytda Qurayshga qarshi harbiy ittifoqchilar qidirayotgan edi. As’ad ibn Zurora paygʻambar bilan ilk marotaba Aqabada besh nafar hazrajlik hamrohlari bilan birga uchratadi. Muhammad uning kimligini bilgach, u bilan suhbatlashishni istaydi, dastlab oʻzini tanitadi[3]:197, soʻngra Qur’ondan bir-ikki oyat oʻqib beradi[1]:473. Shundan soʻng, Muhammadning haqiqatdan ham soʻnggi paygʻambar ekanligiga amin boʻlgan As’ad ibn Zurora va uning hamrohlari paygʻambarga ergashishadi, As’ad birinchi boʻlib musulmonlikni qabul qiladi[1]:474, uning ketidan besh nafar doʻslari ham ergashadi va musulmonlikni qabul qilishadi[3]:197[4]:251[1]:473. Ular bir-birlari bilan xayrlashayotib, 1 yildan keyin xuddi shu joyda koʻrishishga kelishadilar.
Ular shaharning birinchi musulmonlari sifatida Madinaga qaytib kelishadi[3]:197[1]:474. As’ad ibn Zurora oʻz urugʻining butlarini sindiradi[1]:475, doʻsti Abul Haysamni islomga chaqiradi. Doʻsti ham ortiqcha qarshiliklarsiz bu dinni qabul qiladi, ular oʻz xalqiga islom dini haqida gapirib berishadi, bu xabar Madinaning har bir uyida Muhammadning nomi tilga olinmagunga qadar tarqalishda davom etadi[3]:198. Oz muddatda Hazraj va Avs qabilalaridan bir necha kishi islomni qabul qiladi va musulmon boʻladi.
Makkadagi vazifa
tahrirBirinchi Aqaba bay’ati
tahrirOradan bir yil oʻtib, 621-yilning yozida As’ad ibn Zurora xuddi oʻsha joyda Muhammad bilan qayta koʻrishadi. Oʻtgan yilgidan farqli oʻlaroq, As’ad va uning besh nafar hamrohi yonida yana yetmish olti nafar madinaliklar bor edi. Ular Muhammadga bay’at qilishadi va bu voqea tarixga birinchi Aqaba sifatida kiradi[3]:198[1]:474.
Ikkinchi Aqaba bay’ati
tahrirOradan yana bir yil oʻtib, 622-yilning iyun oyida xuddi oʻsha joyda juda koʻp madinaliklar Muhammad bilan uchrashgani kelishadi[3]:201, bu esa tarixga ikkinchi Aqaba bay’ati sifatida kiradi[3]:203.
Oʻlimi
tahrir623-yilning bahorida As’ad ibn Zurora difteriya yoki meningitga oʻxshash kasallikdan aziyat chekadi va tomogʻida qattiq ogʻriq paydo boʻladi[3]:235[1]:475. Muhammad paygʻambar As’ad ibn Zuroraning kasalligida uni ziyorat qiladi. As’ad ibn Zurora bir necha kun oʻtib, 623-yilda shavvol oyining boshida kasallikdan vafot etadi[1]:476.
Muhammad paygʻambar As’ad ibn Zuroraning tanasini yuvish marosimida qatnashadi, uni uchta kiyim bilan oʻraydi, tobut olida turgan holda janoza namozini oʻqiydi. As’ad ibn Zurora Baqi' qabristoniga qoʻyilgan ilk ansoriy sahoba boʻlganligi aytiladi[1]:476. Paygʻambar As’adning oʻlimini ogʻir baxtsizlik deb hisoblaydi[3]:235.
As’ad ibn Zurora onasi, uch nafar qizi, xolasi va biroz oltin va marvarid taqinchoqlarini Muhammadga omonat qoldiradi. As’ad ibn Zuroraning ayollari Muhammadning xotinlari orasida ularning qaramogʻida yashaydi[1]:475. Keyinchalik, Muhammad As’ad ibn Zuroraning qizlarini erlariga oʻzi nikohlab beradi[2]:285-286.
As’ad ibn Zuroradan oʻgʻil qolmagani uchun[1]:473 Najjor qabilasi Muhammaddan ushbu qabilaga boshliq tayinlashini soʻraydi. Muhammad esa ularga: „Sizlar mening amakilarimsiz va biz birgamiz, shuning uchun men sizning rahbaringiz boʻlaman“, deya javob beradi. Najjorlar ham Muhammadni oʻzlariga yangi boshliq sifatida qabul qilishdan mamnun boʻladilar[3]:235[1]:476.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 3,12 Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 1. Translated by Haq, S. M. (1967). Ibn Saʼd’s Kitab Al-Tabaqat Al-Kabir Volume I Parts I & II. Delhi: Kitab Bhavan.