Parpi qoʻrboshi, Parpi [taxminan 1882, Andijon atrofidagi Qoʻqonqishloq (hozirgi Paxtaobod shahri) — 1921.9.4] — Fargʻona vodiysida sovet rejimiga qarshi harakat rahbarlaridan biri. 1918-yil boshlarida Fargʻona vodiysida qizil armiyaga qarshi harakat boshlagan 9 harbiy qoʻmondonning oltinchisi. Koʻqonqishloqdagi Kiziloyoq qishlogʻida qarorgohi joylashgan. Oʻz nomidan pul bosib, muomalaga chiqargan (1919-yil boshidan). Madaminbek va keyinchalik Shermuhammadbekning asosiy oʻrinbosarlaridan biri sifa-tida 3600 yigitga rahbarlik qilib, sovet rejimiga qarshi murosasiz ku-rash olib borgan. 1918—20 yillarda Andijon uyezdi Parpi qoʻrboshi yigitlari nazorati ostida boʻlgan. Jangda jasurligi va dushmanga nisbatan shafqatsizligi bois Parpi botir nomini olgan. Parpi qoʻrboshi qarorgohida koʻplab rus ofitserlari, jumladan, K. Osipov ham boʻlib, qizil armiyaga qarshi kurashganlar (yana qarang Osipov isyoni). Qoʻqonqishloq bilan Boʻtaqora oʻrtasidagi Xayrobod qishlogʻida qizil askarlar bilan boʻlgan jangda ularni magʻlubiyatga uchratgan (1920). 1920-yil 24-noyabrda Qoʻqonqishloqda qizil askarlar bilan boʻlgan jangda ham gʻolib chiqqan va dushmanning 2 ta zambarak, 4 ta pulemyot va koʻplab qurol-aslahalarini oʻlja olgan.

Parpi qoʻrboshi
Tavalludi 1882
Vafoti 9-aprel 1921

Qizil askarlarning 8-otliq brigadasi 1921-yil boshlarida shiddatli janglardan soʻng Parpi qoʻrboshi yigitlarini magʻlubiyatga uch-ratib, Qoʻqonqishloq va Omonchoʻrani egallashgan. Parpi qoʻrboshining 1000 kishilik guruhiga Isroil qoʻrboshi oʻz odamlari bilan koʻmakka kelsa ham, miqdor jihatdan ustun qizil askarlar Jalolobod va Uchqoʻrgʻonda boʻlgan janglarda ham gʻolib chiqishgan. 1921-yil aprel da boʻlgan ana shunday toʻqnashuvlarning birida Parpi qoʻrboshi ogʻir yarador boʻlib, vafot etgan.

Yana q.

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • Uzbekistanning yangi tarixi, 2ki-tob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Rajabov Q., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917—1924), T., 2002.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil