Paxtaobod
Paxtaobod — Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi shahar (1975 yil gacha Qoʻqon qishloq shaharchasi). Tuman markazi. Viloyat markazi (Andijon shahri)dan 44 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi— Tentaksoy (1 km). Aholisi 23,2 ming kishi (2003).
Paxtaobod | |
---|---|
shahar | |
40°55′30″N 72°29′30″E / 40.92500°N 72.49167°E G OKoordinatalari: 40°55′30″N 72°29′30″E / 40.92500°N 72.49167°E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Andijon viloyati |
tuman | Paxtaobod tumani |
Aholisi (2010) |
27 062[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Paxtaobodda tuman hokimiyati binosi, davlat, maʼmuriy, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi, 5 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, musiqa, sport maktablari, stadion, kutubxona, klublar, madaniyat va istiroxat bogʻi, muzey, kasalxona, poliklinika, dorixo-na, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.
Paxtaobod — Andijon yoʻnalishida avtobuslar katnaydi.[2]
ManbalarTahrirlash
- ↑ World Gazetteer.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |