Sabohat Azimjonova (1922 yil dekabr, Toshkent - 2001 yil, 26.4.) – sharqshunos olima, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), tarix fanlari doktori (1969).

Toshkent pedagogika institutini tamomlagan (1942). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim (1949), institut direktori (1950– 77), bo‘lim boshlig‘i (1977–95), yetakchi ilmiy xodim (1995 yildan). Asosiy ilmiy ishlari Boburning Qobul va Hindistondagi faoliyati, O‘rta Osiyo xalqlarining o‘rta asrlarda qo‘shni xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro siyosiy va iqtisodiy munosa-batlariga bag‘ishlangan.

Asarlari Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Fransiyada chop etilgan. Boburning qizi Gulbadan begimning "Humoyunnoma"sini fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilib, Toshkentda (1959, 1977) va fransuz tilida Parijda, (1996) nashr ettirgan. A. bir qator xalqaro ilmiy kongresslarda ilmiy ma’ruzalar qilgan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1989), Javoharla’l Neru xalqaro mukofoti (1993) laureati.

AsarlariTahrirlash

  • K istorii Fergani vtoroy polovini XV veka, T., 1957;
  • Boburning Hindiston devoni, T., 1966;
  • Gosudarstvo Babura v Kabule i v Indii, M., 1977.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil