Farasman
Farasman - Xorazm podshosi (mil. avv. IV asr).
Farasman | |
---|---|
xorazmshox | |
Mansab davri taxminan mil. ol. 329 – taxminan mil. ol. 320 | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Xorazm |
Mil. avv. 328-yil Makedoniyalik Aleksandrning Oʻrta Osiyoga yurish chogʻida Farasman 1500 kishilik otliq qoʻshini bilan Aleksandrning qarorgohi joylashgan Baqtra shahriga kelgan va u bilan ittifoqchilik bitimi tuzgan. Farasman Aleksandrga Shimoliy Qora dengiz sohillariga, u yerdan Kolxidaga birgalikda harbiy yurish uyushtirishni taklif qilgan, biroq uning loyihasi qabul qilinmagan.
Adabiyotlar
tahrir- Gulyamov Y.G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957
- Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |