Beruniy (shahar)
Beruniy (qoraqalpoqcha: Beruniy) — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shahar, Beruniy tumani markazi.
Beruniy qoraqalpoqcha: Biruniy | |
---|---|
shahar | |
41°41′0″N 60°45′0″E / 41.68333°N 60.75000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Respublika | Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Tuman | Beruniy tumani |
Avvalgi nomlari | Kat, Shabboz |
Aholisi (2018) |
66,09 ming[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Amudaryoning oʻng sohilidagi Urganch temir yoʻl stansiyasidan 20 km shimoliy sharqda joylashgan. Iqlimi keskin kontinental. Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi –15°C, –20°C, iyul oyiniki esa 38°C ni tashkil etadi. Aholisi 66.09 ming kishi (2018). Beruniy qadimiy Xorazmning poytaxti boʻlib, oʻsha davrlarda Kat deb atalgan. 1957-yili 4-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan Shabboz (Shayx Abbos Vali) tumani deb nomlanib kelgan. 1964-yildan boshlab shu yerda tugʻilib oʻsgan olim va mutafakkir Abu rayxon Beruniyning nomi bilan nomlanadigan boʻldi. Beruniy 990-yillarda shaharda astronomik kuzatishlar olib borgan.
Shahar Respublikaning muhim sanoat markazlaridan hisoblanadi. Shaharda yogʻekspeller, gʻisht, asfalt, paxta tozalash zavodlari, bosmaxona, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari bor. 1969-yil 13-martda Amudaryo suvining toshishi natijasida shahardagi bir qancha binolar jiddiy zarar koʻrdi. Lekin, tez fursatda shahar qayta tiklandi. Keyingi yillarda shahar chegarasi kengaydi, yangi mavze, koʻchalar bunyod etildi. Beruniy boshqa tumanlar bilan Qoraqalpogʻiston avtomagistrali va Amudaryodagi Chalish pristani orqali bogʻlangan. Shahardan Nukus, Toʻrtkoʻl va boshqa shaharlarga samolyot va avtobuslar qatnaydi. Beruniyda 70 ta umumiy taʼlim maktabi, musiqa va sport maktablari, 8 ta ommaviy kutubxona, madaniyat uyi, muzey, 7 ta kasalxona bor (2000)[2].
2005-yili 9,1 chaqirim gaz tarmoqlari, 8,5 chaqirim suv tarmoqlari foydalanish uchun topshirilgan. Bunnan tashqari, 31 ming kv.m. bir nechta turar joylar, shifoxonalar kapital remontdan chiqdi. Shahar xalqi 2005-yillarga kelib toza ichimlik suvi bilan, gaz va elektr energiya tarmoqlari bilan toʻliq taʼminlangan[3].
Tarixi
tahrirX asrning oxirlaridagi «Hudud al-Alam» (olam chegaralari, hududlari) joʻgʻrofiy asarining nomaʼlum forsiy muallifi shunday yozadi: "Kat - Xorazmning bosh shahri, Turkistonga darvozalari guzlik, Turkiston, Movarounnahr va xazar viloyatlari turklarining mollari saqlanadigan, savdogarlar oqib keladigan joy... Shahar katta boylikka ega. Yostiq choyshablari, qavilgan kiyimlar, ip gazlamalar, kigiz, ruxbinlar (pishloq turi) oʻsha yerdan olib kelinadi"[4].
Manbalar
tahrir- ↑ Число постоянных жителей в Республике Каракалпакстан на 1 января 2018 года (Wayback Machine saytida 2019-03-21 sanasida arxivlangan), Портал открытых данных Республики Узбекистан
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ К.Қунназаров. Бес қала. Теңиздиң әтирапы елим. Нөкис. 2010.
- ↑ КАРАВАНЫ ИДУТ В КЯТ - Древний Хорезм - Filigria.com - Двери в прошлое!, 2014-02-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-01-04
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |