Abdulaziz al-Fazliy
Buxoro qozisi
Abdulaziz Usmon ibn Ibrohim al-Fazliy – „qozi“ laqabi bilan tanilgan Abu Amrning oʻgʻli. Abdulaziz al-Fazliy Buxoro qozisi boʻlgan. Gʻoyatda fozil, saxiy va karim, koʻrinishi chiroyli, ulugʻvor, oʻziga yarashgan, qozilik mansabini egallab turganida odamlar uning goʻzal siyrati haqida maqtab gapirganlar.
Abdulaziz al-Fazliy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | hijriy 533-yil (milodiy 1138-yil |
Dini | Islom |
Ota-onasi | otasi: Abu Amr |
Tanilgan sohasi | Buxoro qozisi |
Abdulaziz al-Fazliy hijriy 515-yil (milodiy 1121-yil)da haj ibodatini ado etgan. Buxoroda ham, Makkada ham hadislar tinglagan. U ulamolardan biri hisoblanadi, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Abdulaziz al-Fazliy hijriy 533-yil (milodiy 1138-yil)da vafot etgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 8-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |