Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Marg‘inoniy

Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Marg‘inoniy muhaddis

Abdulaziz ibn Abdurazzoq al-Margʻinoniy (arabcha: عبد العزيز بن عبد الرزاق المرغيناني – Shayxul-imom Abu-l-Aimma Abdulaziz ibn Abdurrazzoq ibn Abu Nasr ibn Jaʼfar ibn Sulaymon ibn Matkan al-Margʻinoniy) – muhaddis.

Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Marg‘inoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1016-yil (hijriy 406-yil)
Vafoti milodiy 1084-yil (hijriy476- yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Hayoti

tahrir

Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Margʻinoniy 1016-yil (hijriy 406-yil)da Margʻilonda tavallud topgan. U asosan, oʻzi tugʻilib-oʻsgan yerda yashab ijod etgan. Manbalarda keltirilishicha, ilm talabida ikki marta Samarqandga safar qilgan. Abdulaziz ibn Abdurazzoq al-Margʻinoniy taniqli olim Shamsul-islom Mahmud ibn Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al-Oʻzgandiyning otasidir.

Abdulaziz ibn Abdurazzoq al-Margʻinoniy 1084-yilda (hijriy 476) 68 yoshida vafot etgan[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • O. A. Qoriyev. Fargʻona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Margʻinoniy. – T.: „Fan“, 2009. 60;
  • Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. – Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 222.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.