Abdulhay (14-15-asrlar) — miniatyurachi rassom. 1396-yilda Amir Temur uni Bagʻdoddan Samarqandga chaqirib olgan va saroydagi badiiy ustaxonalar-ning boshligʻi qilib tayinlagan. Bizgacha sanʼatkor asarlarining juda oz qismi yetib kelgan. Berlindagi antiqalar orasida mavjud boʻlgan „Saroy“ albomida rassomning ikki miniatyurasi („Oʻrdak“, „Jang manzarasi“), Istanbuldagi Toʻpqopu saroyida Abdulhay ning imzosi boʻlgan ikki asari saqlanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil