Abdulhay Umarov
Abdulhay Rashidovich Umarov (1928.6.10 Toshkent 2002.31.5) - sanʼatshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1978). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1952). 1957-yildan Hamza nomidagi Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, 1961-yildan katta ilmiy xodim, 1963-yildan Oʻzbekistonning zamonaviy tasviriy sanʼati boʻlimi mudiri, 1959-yildan Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi boshqaruvi aʼzosi (rais muovini, 1968—73). U. Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼatining rivoji, zamonaviy mavqeiga oid ilmiy asarlar, oʻzbek rassomlari ijodini taxlil etuvchi makrlalar muallifi; Oʻzbekiston sanʼati tarixiga oid koʻplab kitob, albomlarda muallif sifatida qatnashgan[1].
Adabiyot
tahrir- Umarov Abdulxay Rashidovich [Katalog], T., 1989.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |