Abdulkarim Andoqiy (arabcha: عبد الكريم الأنداقي) — faqih, roviy va soʻfiy.

Abdulkarim Andoqiy
Tavalludi 400/1009 yil
Samarqandga qarashli Andoq qishlogʻi.
Vafoti 481/1088 yil.


Abdulkarim Andoqiy 400/1009 yili Samarqandga qarashli Andoq qishlogʻida tavallud topgan[1].

Faoliyati tahrir

Abdulkarim Andoqiy hadis va fiqh boʻlish bilan birga, komil insoniylik fazilatlarini oʻzida mujassam etgan. U nafaqat faqih sifatida, balki tasavvufning yirik namoyandasi va yirik olimi sifatida tanilgan. U katta-kichchik yoshdagi ilmu toliblarga turlicha taʼlim-tarbiya berish usulini qoʻllagan. Bu usul tariqatda katta maʼno-mazmunga ega hisoblangan.

Ustozi va ilmiy safarlari tahrir

Abdulkarim Andoqiy yirik tasavvuf olimi Imom Yusuf Hamadoniyning izdoshi boʻlgan. U Yusuf Hamadoniyning Xorazm va Bagʻdod safarlarida unga hamrohlik qilgan. Abdulkarim Andoqiyning nabirasi Hasan Andoqiy (460/1068-552/1157) ham tasavvuf olimi boʻlgan.

Vafoti tahrir

Abdulkarim Andoqiy 481/1088-yilda vafot etgan[2].

Manbalar tahrir

  1. Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjam al-buldon. J. 1. — Bayrut, 1979. 214.
  2. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 1. — Qohira, 1998. 215.

Adabiyotlar tahrir

  • Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 73.