Abdullaxon madrasasi (Xiva)
Abdullaxon madrasasi – Xivadagi me’moriy yodgorlik (1855)[2]. Ichan qal’adagi Olloqulixon va Qutlugʻ Murod Inoq madrasalari oraligʻida joylashgan. Abdullaxon (Xiva xoni Qutlugʻ Murod inoqning akasi) xotirasiga qurdirilgan. Oʻzbek hukmdori Abdullaxonning onasi tomonidan 1855-yilda turkman yovmutlari bilan boʻlgan jangda 17 yoshida halok boʻlgan oʻgʻlining fojiali oʻlimidan soʻng qurilgan. Oq masjididan gʻarbda joylashgan.
Madrasa | |
Abdullaxon madrasasi
| |
Abdullaxon madrasasi hovlisi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Xiva |
Manzil | Ichan qalʼa MFY, Islom Xoʻja koʻchasi, 21-uy |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Xorazm viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Kichik |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Abdullaxonning onasi |
Homiylar | Abdullaxonning onasi |
Asosiy sana: | |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Holati | Ichan qalʼa muzey qoʻriqxonasi |
Qurilish materiali | Pishiq g'isht |
Abdullaxon madrasasi (Xiva) Vikiomborda |
Hozirgi paytda u Oʻzbekiston madaniy merosi obʼyekti hisoblanadi. Shuningdek, u sayyohlarga xizmat koʻrsatish va koʻrgazma obyekti boʻlib, koʻrgazmasi birinchi marta 1960-yilda tashkil etilgan Xorazm tabiat muzeyi joylashgan. Muzeyning soʻnggi ekspozitsiyasi 2010-yilda boʻlib oʻtgan.
1855-yilda Muhammad Aminxon (1845–1855) vafotidan keyin Xiva xonligida hokimiyat tepasiga uning oʻgʻli Abdullaxon keldi.
Atigi olti oy hukmronlik qilgan Abdullaxonning qisqa hukmronligi davrida[3] koʻchmanchi qabilalar bilan qattiq kurash boʻlib, natijada Abdullaxon 1855-yil avgustida vafot etadi.
Komiljon Xudoyberganovning „Xiva xonlari shajarasi“ asarida Abdullaxonga shunday taʼrif berilgan:
Abdullaxon har qanday kimsalar soʻziga kiruvchi boʻlib, Mir Ahmadning soʻzi bilan bir necha begunohlar qonini toʻkkan. U shoshma-shoshar, besabr kishi edi. Lekin doʻstlashishni, odillikni sevarjasur va bahodir ham edi. Undan oʻgʻil farzand qolmadi, bir qizi boʻlib, Abdulaziz toʻraga turmushga chiqqan. Abdullaxon vafotidan keyin onasi oʻgʻlining nomini saqlash maqsadida bir madrasa bino qildirdi[4].
Binoning ikkita kirish joyi bor, rejada u sharqdan gʻarbga choʻzilgan burchak minoralari boʻlgan toʻrtburchak shaklida. Shimol tomonda kiraverishda qabulxona (miyonsaroy) joylashgan. Madrasa ichida sobiq masjidning gumbazli binosi (janubiy tomonda), darsxona oʻrniga qurilgan uchta hujra va atrofida bir qavatli hujralar joylashgan. Hovlida yaxshi holatda saqlangan.
Chortoq tarhli (31,5x28,25 metr) boʻlib, burchaklariga guldasta – minora ishlangan. Bosh tarzidagi keng ravoqli peshtoq orqali 3 gumbazli miyonsaroyga, u orqali hovliga oʻtiladi. Hovli (18,9x 14,0 metr) atrofi hujralar bilan oʻralgan. Hujralar tomi balxi gumbaz bilan yopilgan. Janubiy tomondagi gumbazli masjid miyonsaroy bilan bogʻlangan. Darsxonalar tarhi murabba – 4,25x4,25 metr. Hovliga gʻarbdan ensiz yoʻlak orqali kiriladi. Hozirgi paytda madrasada „Tabiat muzeyi“ ekspozitsiyasi joylashgan.
Hozirgi vaqtda madrasa hududida Xorazm tabiat muzeyi ekspozitsiyasi tashkil etilgan boʻlib, u muzeyga tashrif buyurgan sayyohlar va mehmonlarni Xorazm vohasining boy tabiati, uning oʻsimlik hamda hayvonot dunyosi, relyefi, iqlimi, shuningdek, tabiati bilan tanishtirishga qaratilgan. Xorazm vohasining tabiati oʻziga xosdir. Muzeyning Xorazm tabiat boʻlimi koʻrgazmasida Sulton Vais togʻlari, Amudaryo deltasi, Qoraqum va Qizilqum choʻllari faunasi, foydali oʻsimlik turlari haqida koʻplab foydali maʼlumotlar mavjud. Foydali koʻrgazma maydoni 180 kv.m[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ "Abdullaxon madrasasi (Xiva)" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Veselovskiy N. I. Ocherk istoriko-geograficheskix svedeniy o Xivinskom xanstve. – СПб., 1877. – 339-bet
- ↑ Bobojonov D, Abdurasulov M. Firdavsmonand shahar. Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti 2008 — 78-bet.
- ↑ „Медресе Абдуллахана“. Qaraldi: 13-oktabr 2023-yil.
Adabiyotlar
tahrir- Mankovskaya L. Yu., Bulatova V. A., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978.