Lola Abdullayeva
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (Yanvar 2024) |
Lola Abdullayeva (1918-yil 13-aprel, Toshkent) – teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964-yil)[1]. Toshkent rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1934 – 1938-yil). Olmaotadagi qozoq drama teatrida, soʻng Bishkekdagi teatr rassomlik kollejida ishladi. Abdullayeva 1948 – 1979-yillarda Ogahiy nomidagi Xorazm viloyati Davlat musiqali drama va komediya teatri bosh rassomi. Lola Abdullayevaning „Layli va Majnun“, „Oq nilufar“, „Bahor“, „Togʻ qizi“, „Maʼrifat qurbonlari“, „Paranji sirlari“, „Guli siyoh“, „Navoiy“, „Hamlet“, „Muhabbat qoʻshigʻi“ va boshqa bir qator spektakllar uchun tayyorlagan sahna bezaklari va libos eskizlari milliy boʻyoqlarining oʻziga xosligi, shuningdek, tomoshabinga asar mazmunini aniq va ravshan qilib yetkazishga yordam berishi bilan diqqatga sazovor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ „LOLA ABDULLAYEVA“. Qaraldi: 6-sentyabr 2024-yil.