Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy - muhaddis. Undan Imom Buxoriy, Jaʼfar ibn Muhammad Faryobiylar hadis ilmidan saboq olishgan. Abu Saʼd Samʼoniyning xabar berishicha, Abu Avona Shoshiyning jiyani Abu Ali Fazl ibn Abbos Shoshiy ilmmaʼrifat talabida Marv va Iroqda boʻlib, Ali ibn Hojar va Ahmad ibn Hanbaldan taʼlim olgan. Abu Ali Fazl ibn Abbos Shoshiydan Shosh ahli saboq olgan. (Fazl ibn Abbos Shoshiy h. 286-yilda vafot etgan)[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. Abu Saʼd Samʼoniy. al-Ansob. 7, 244. Iʼtiqod ahli sunna. 2, 311
  2. al-Maqsad al-arshad fi zikri ashobi al-Imom Ahmad. 2, 39.

Havolalar

tahrir
  • N.Muhamedov, Islomshunoslik qomusiy lugʻat 302-303 bet, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi. -T.: «Movarounnahr». 2014