Abdulloh ibn Abu Umayya

Abdulloh ibn Abu Umayya sahoba

Abdulloh ibn Abu Umayya (arabcha: عبد الله بن أبي أمية — Abdulloh ibn Ubu Umayya ibn al-Mug‘iyra al-Maxzumiy) — sahoba.

Abdulloh ibn Ubu Umayya ibn al-Mug‘iyra al-Maxzumiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 629-630-yil (hijriy 8-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi sahoba

HayotiTahrirlash

Payg‘ambarning ammalari Otikaning o‘g‘li, ayollari Ummu Salamaning ota bir ukasi bo‘lgan. Abdulloh ibn Abu Umayya Islomning ilk davrida musulmonlarning ashaddiy dushmanlaridan biri edi. Islomning avvalida Payg‘ambarning amakilari Abu Tolibdan jiyaniga Islomga daʼvat qilishini to‘xtatishi, aks holda uni himoya qilmasligini aytishini talab qilib borgan hay’at aʼzolari orasida Abdulloh ibn Abu Umayya ham bo‘lgan. U Payg‘ambarni Islom daʼvatidan voz kechirish maqsadida tashkil qilingan majlisda, "Isro" surasining 93-oyatida ishorasi kelgan, yaʼni Payg‘ambar osmonga chiqib, u yerdan kitob olib tushmagunicha unga iymon keltirmasliklarini aytganlar orasida ham bo‘lgan. Ayrim rivoyatlarda Abdulloh ibn Abu Umayya musulmon muhojirlarni ortga qaytarish uchun Habashistonga borgan elchilar orasida ham bo‘lgani aytiladi. Payg‘ambar o‘lim to‘shagida yotgan Abu Tolibga iymon keltirishini taklif qilganlarida, Abdulloh ibn Abu Umayya ul Zotga qarshi chiqqan va Abu Tolibga dinidan qaytmasligi uchun bosim o‘tkazgan. Uhud jangi asnosida Madinada bo‘lgan, u yerdan to‘g‘ri Toifga borib, makkaliklarga urush haqida maʼlumot bergan.

Musulmonlikni qabul qilishiTahrirlash

Abdulloh ibn Abu Umayyaning Islomga dushmanligi Makka fathiga qadar davom etgan. Fathdan oldin Abu Sufyon bilan birga Madinaga borishga qaror qilgan. Ummu Salamaning iltimosiga binoan, Payg‘ambar ularni qabul qilgan va ular musulmon bo‘lganlar. Abdulloh ibn Abu Umayya Makka fathi va Hunayn jangida qatnashgan. Bu jangda Islomning ashaddiy dushmani va Saqiyf qabilasining raisi bo‘lgan Usmon ibn Abdullohni o‘ldirgan.

VafotiTahrirlash

Abdulloh ibn Abu Umayya 629-30-yillar (hijriy 8-yil)da Toif qamali paytida shahid bo‘lgan[1].

AdabiyotlarTahrirlash

  1. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1968. I, 122; II, 158;
  2. At-Tabariy. Tarӣx. — Qohira: 1960-70. III, 50-51;
  3. Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. III, 177-178;
  4. Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1328. II, 277;
  5. Muhammed Hamidullah. Islam Peygamberı. — İstanbul: 1990. II, 521-522.

ManbalarTahrirlash

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.