Abdulloh ibn Amajur at-Turkiy
Abul Qosim Abdulloh ibn Amajur al-Xaraviy at-Turkiy (9-10-asrda yashagan) — fargʻonalik falakiyotchi olim. Xaraviy nisbasidan Hirotda ham yashaganligi aniqlashadi. Abdulloh ibn Amajurning oʻgʻli Abul Hasan Ali ibn Abdulloh ibn Amajur ham astronom olim boʻlgan. Abdulloh ibn Amajur at-Turkiyning tavallud topgan va vafot etgan yili haqida maʼlumotlar saqlanmagan.
Abdulloh ibn Amajur at-Turkiy | |
---|---|
Tavalludi |
IX—X asrlarda yashagan |
Istiqomat joylari | Fargʻona, Hirot |
Sohasi | astronomiya |
Mashhur shogirdlari | Muflih ibn Yusuf |
Shogirdlari
tahrirAbdulloh ibn Amajurning shogirdi Muflih ibn Yusuf quyosh tutilish jarayoniga taalluqli tajribalar oʻtkazgan. Muflih ibn Yusuf quyidagi asarlar muallifi:
Asarlari
tahrirAbdulloh ibn Amajurning asrlari quyidagilar:
- Kitob az-zij al-maʼruf bi-l-xalis [[Xatolardan] xolis zij kitobi].
- Kitob az-zij al-maʼruf bi-l-muzannir [Bogʻlab turuvchi zij kitobi].
- az-Zij al-badiʼiy [Gʻaroyib zij].
- Zij al-mamarrat [Oʻtmishlar ziji].
- Zij al-qini [Qulning ziji].
- Kitob zad al-musafir [Musofirga foydali kitob].
- Kitob zij al-Mirrix ala at-tarix al-farisi [Fors erasi boʻyicha Mirrix [Mars] sayyorasi uchun zij]. nomli kitoblari bor[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 10-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |