Abdulloh ibn Judʼon
Abdulloh ibn Judʼon (arabcha: عبد الله بن جدعان — Abu Zubayr Abdulloh ibn Jud’on ibn Amr al-Qurashiy —? - 600,?).
Abdulloh ibn Judʼon | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Hayoti
tahrirJohiliyat davrida mazlumlarni himoya qilgan, boyligi va saxiyligi bilan tanilgan qurayshlik. Taym ibn Murra qabilasiga mansub bo‘lib, Abu Bakr otasining amakivachchasi. Otasi — Jud’on ibn Amr, onasi — Zaynab bint al-Valid ibn Mus’ab. Abdulloh ibn Jud’on yoshligida juda bebosh bo‘lgan. Ko‘p jinoyatlar qilganligi bois otasi va qabilasini doimo diya to‘lash majburiyatida qoldirgan. Oxir-oqibat qabilasi bilan otasi birgalikda Abdulloh ibn Jud’ondan voz kechib, ortiq uni himoya qilmasliklari, diya qarzlarini ham to‘lamasliklarini eʼlon qilishgan. Keyinchalik Abdulloh ibn Jud’on karvonlar bilan tijorat qilishni boshlagan. Asir va qullar tijorati bilan ham shug‘ullanib, katta boylikka ega bo‘lgan. Fijor urushida o‘z hisobidan yuz askarni qurollantirish bilan birga Quraysh qabilasiga qo‘mondonlik qilgan. Yoshi ulug‘lashgan sari saxiyligi ortib, ko‘plab qul va joriyalarni ozod qilgan hamda ularga yordam bergan. Mashhur sahoba Suhayb ar-Rumiy ham uning qullaridan bo‘lgan.
Abdulloh ibn Jud’onni johiliyat davrida buyuk shuhratga yetishtirgan voqea "Hilf al-fuzӯl" ("Yordam beruvchilar shartnomasi") shartnomasidir. Payg‘ambar ham ishtirok etgan, Abdulloh ibn Jud’on va Zubayr ibn Abdulmuttaliblar imzolagan bu shartnoma aʼzolari zulmga uchraganlarning haqlari zolimlardan olinmagunicha ular bilan kurashishga qasam ichganlar. "Hilf al-fuzӯl" yordamida katta eʼtibor qozongan Abdulloh ibn Jud’on faqat makkaliklarni emas, balki Arabiston yarimoroliga haj, umra yoki tijorat maqsadi bilan kelgan musofirlarni ham himoyasiga olar, ularning qurol va ashyolarini muhofaza qilar edi. Yana uning mehmondo‘stligi, o‘zgalarga bo‘lgan izzat-ikromi hamda hadya tarqatish kabi yuksak xislatlari Umayya ibn Abu-s-Salt boshchiligidagi shoirlarning qasidalariga mavzu bo‘lgan. Mazkur holat Abdulloh ibn Jud’onning makkaliklar orasida ham eʼtibor qozonishiga sabab bo‘lgan. Oysha uning ushbu xislatlari tufayli oxiratda foyda ko‘rishi yoki ko‘rmasligi haqida so‘raganida, Payg‘ambar: "Yo‘q, chunki u biror marta ham „Rabbim, qiyomat kuni gunohlarimni mag‘firat qil!“ demagan", deb javob berganlar.
Vafoti
tahrirAbdulloh ibn Jud’onning nubuvvatdan o‘n yil avval vafot etgani taxmin qilinadi.
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Hishom. As-Sӣra. — Qohira: 1955. I, 134;
- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1968. I, 127, 219; III, 226;
- Az-Zubayriy. Nasab Quraysh. — Qohira: 1961. 291-293;
- Ibn Qutayba. Al-Maʼārif. — Qohira: 1960. 175, 475, 576, 583, 604;
- Al-Balozuriy. Futӯh al-buldān. — Qohira: 1956-60. I, 58;
- Al-Balozuriy. Ansāb al-ashrāf. — Qohira: 1959. I, 102;
- Al-Mas’udiy. Murӯj az-zahab. — Bayrut: 1964-65. II, 286-287;
- Yoqut. Mu’jam. — Bayrut: 1968. II, 77;
- Ibn Kasir. Al-Bidāya. — Qohira: 1932-39. II, 217-218;
- Javod Ali. Al-Mufassal fӣ tarӣx al-’arab qabla-l-islām. — Bayrut: 1968-72. IV, 94-103;
- Mustafa Fayda. „Abdullah b. Cüd‘ân“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 93-94.