Abdulloh ibn Ravoha gʻazoti (arabcha: سرية عبد الله بن رواحة) milodiy 628-yil fevralda sodir boʻlgan[10].

Abdulloh ibn Ravoha gʻazoti
Sanalar Milodiy 628-yil, fevral[1][2]
Urush yeri Madinaga borish yoʻlida
Natija Al-Yusayr ibn Rizom va uning 29 nafar izdoshi oʻldirilgan[3][4][5][6][7]
Qoʻmondonlar
Abdulloh ibn Ravoha Nomaʼlum
Kuchlar
30[8] 30
Yoʻqotishlar
1 kishi yaralangan 29 kishi oʻldirilgan (1 kishi qochib ketgan)[5][6][7][9]

Suiqasd muvaffaqiyatli amalga oshirilib, Ibn Rizom va uning 29 nafar izdoshi oʻldirilgan[9].

Al-Yusayr ibn Rizomning oʻldirilishi

tahrir

Al-Yusayr ibn Rizom Haybar yahudiylarining yangi boshligʻi etib saylanadi. U ham Abu Rofiy kabi Banu Gʻatafoniy qabilasi bilan munosabatlarni saqlab qoladi. Al-Yusayr ibn Rizomning qarshi yangi hujumni rejalashtirayotganidan xabar topgach, Muhammad Banu Xazraj qabilasi boshligʻi Abdulloh ibn Ravohani oʻziga oʻrinbosar qilib tayinlaydi va uni yana 3 nafar vakillari bilan al-Yusayrning qanday qilib oʻldirish mumkinligi haqida maʼlumot toʻplash maqsadida Haybarga yuboradi[9].

Ammo Abdulloh ibn Ravoha yahudiylarning ushbu ikkinchi suiqasdiga qarshi nihoyatda hushyor boʻlish kerakligini ogohlantiradi. Madinaga qaytgach, yangi hujum usuli ishlab chiqiladi, Muhammad Ravohani 30 kishi bilan birgalikda tuyalarga mindirib, al-Yusayrni Madina ziyoratiga koʻndirish uchun yuboradi. Ravoha belgilangan manzilga yetib kelgach, Yusayrni Haybar hukmdori etib tayinlashlarini va u bilan yaxshi muomala qilishlarini, shuningdek, uning xavfsizligini kafolatlashlarini vaʼda qiladi[9].

Yusayr Abdulloh ibn Unays al-Juhaniyning otiga oʻtiradi, musulmonlar uning orqasidan yoʻlga tushadilar. Ular Haybardan 6 chaqirimcha narida joylashgan Qarqarotga yetib kelganlarida, al-Yusayr musulmonlarning rejalaridan shubhalanib, Muhammad bilan uchrashish fikridan qaytadi. Abdulloh ibn Unays bilan birga otdan tushadi. Shu payt Abdulloh ibn Unays al-Yusayrning qilichini tortayotganini sezib qoladi va uning oldiga yugurib borib, son boʻgʻimiga qattiq zarba beradi. Al-Yusayr yarador boʻlib yerga yiqiladi, lekin u ham Abdulloh ibn Unaysni urib, qoʻlidagi yagona quroli bilan uni yarador qiladi[9].

Shundan keyin barcha musulmonlar oʻz tuyalarida yahudiylarga hujum qilib, ularning barchasini oʻldirishadi, faqatgina bir nafar yahudiy ulardan qochib ketishga muvaffaq boʻladi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. List of Battles of Muhammad (Wayback Machine saytida July 26, 2011, sanasida arxivlangan)
  2. Atlas Al-sīrah Al-Nabawīyah, 2004. ISBN 9789960897714. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr. 
  3. William Muir, The life of Mahomet and history of Islam to the era of the Hegira, Volume 4, p. 17
  4. Mubarakpuri, The Sealed Nectar, p. 241. (online)
  5. 5,0 5,1 Khan, Muhammad Zafrulla. Muhammad, Seal of the Prophets, January 1980. ISBN 9780710006103. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr. 
  6. 6,0 6,1 „A thirty-horseman group headed by ‘Abdullah bin Rawaha“, Witness-Pioneer.com
  7. 7,0 7,1 Mubarakpuri, Safiur Rahman. The Sealed Nectar, 6 October 2020. ISBN 9798694145923. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr. 
  8. Atlas Al-sīrah Al-Nabawīyah, 2004. ISBN 9789960897714. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr. 
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 Muir. „The Life of Mahomet and History of Islam to the Era of the Hegira“ (1861). Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.Muir, Sir William (1861).
  10. Hisham, Abd al-Malik Ibn. The life of Muhammad, 1955. ISBN 978-0-19-636034-8. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.