Abdulloh ibn Yazid al-Adaviy
Abdulloh ibn Yazid al-Adaviy(arabcha: عبد الله بن يزيد العدوي — Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Yazid al-Adaviy al-Muqriy, 120/739,? — 213/828, Makka) — muhaddis va qori.
Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Yazid al-Adaviy al-Muqriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 739-yil (hijriy 120yil) |
Vafoti |
milodiy 828-yil (hijriy 213-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, qori |
Hayoti
tahrirManbalarda tug‘ilgan yili hijriy 113-yil deb ham ko‘rsatilgan. Al-Muqriy laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Uzoq umr ko‘rgan, umrining ko‘p qismini Qur’on va hadisni o‘rganish hamda o‘rgatishga bag‘ishlagan. Chunonchi, umrining o‘ttiz olti yilini Basrada, o‘ttiz besh yilini Makkada Qur’onni o‘qitish bilan o‘tkazgan. Makkada uzoq yillar davomida istiqomat qilgani uchun Shayx al-Haramayn nomi bilan ham tanilgan.
Hadislari
tahrirAbdulloh ibn Yazid al-Adaviy qiroat ilmini mashhur qiroat imomi Nofe’dan tahsil olgan. Shu bilan birga, Abu Hanifa, Kahmas ibn al-Hasan, Shu’ba ibn Hajjoj, Sa’id ibn Abu Ayyublar va Basraning mashhur muhaddisi Ibn Avndan hadis o‘rgangan. Imom al-Buxoriy, Ahmad ibn Hanbal, Ishoq ibn Rohavayh, Abu Bakr ibn Abu Shayba va boshqalarga hadisdan taʼlim bergan. Ishonchli roviylardan bo‘lgan Abdulloh ibn Yazid al-Adaviyning rivoyatlari, avvalo „Kutubi sitta“, qolaversa, boshqa ko‘pgina hadis kitoblarida zikr qilingan. Imom al-Buxoriy uning rivoyatlaridan o‘n ikkitasini „Al-Jāmi’ as-sahӣh“, o‘n beshtasini „Al-Adab al-mufrad“ asarlariga kiritgan. Abdulloh ibn Yazid al-Adaviyning oliy isnod rivoyatlari Abu Bakr Ahmad ibn Jaʼfar al-Qati’iyning besh juzlik „Qati’iyyāt“ nomli asarida keltirilgan. Asarning Abdulloh ibn Yazid al-Adaviy rivoyat qilgan hadislardan tashkil topgan „Ahādӣs Abӣ Abdirrahmān Abdullāh bin Yazӣd al-Muqrӣ mimmā vāfaqa-l-Imām Ahmad“ nomli o‘n besh betlik bir juzi bugungi kunimizgacha yetib kelgan.
Vafoti
tahrirAbdulloh ibn Muborak ham uni sharaflagan. Abdulloh ibn Yazid al-Adaviy umrining to‘qsoninchi yillarida vafot etgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. — Haydarobod: 1941-60. V, 228;
- Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. — Haydarobod: 1955-58. I, 367;
- Ibn al-Jazariy. Gʻāya an-nihāya. — Qohira: 1932-33. I, 463-464;
- Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. VI, 83-84;
- Sezgin. GAS. I, 99-100; Ali Yardım. „Abdullah b. Yezîd el-Adevî“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 143.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |